Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 3
(1-12)

 

 

«Bu ham go’zaldir»

 

اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلاَمٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّهِ

 

jumlasi, namozning tasbehotida o’qinirkan inkishof etgan latif bir nuqtani uzoq uzoqdan ko’rdim. Hammasini tutolmadim, faqat ishorat navidan bir ikki jumlasini aytaman. Ko’rdimki: Kecha olami, dunyoning yangi ochilgan bir manzili kabidir. Xufton namozida u olamga kirdim. Xayolning favqulotda kengligidan va mohiyati insonning butun dunyo ila aloqadorligidan, katta dunyoni shu daraja bir manzil kabi ko’rdim. Zihayotlar va insonlar shu daraja kichraydilar, ko’rinmaydigan darajada kichraydilar. Yolg’iz u manzilni shonlandirgan va unsiyatlandirgan va nurlantirgan birgina shaxsiyati ma`naviyayi Muhammadiyani(S.A.V.) xayolan mushohada etdim. Bir odam yangi bir manzilga kirgani zamon, manzildagi zotlarga salom bergani kabi, «Minglab salomHoshiya senga Yo Rasululloh!» deyishga bir orzuni ichimda jo’shayotganini ko’rdim. Go’yo butun insu jinning adadicha salom beryapman, ya`ni senga yangidan bay`at, ma`muriyatini qabul va keltirgan qonunlaringga itoat va amrlariga taslim va xavf-xatardan salomatlikda bo’lganimizni salom ila ifoda etib, mening dunyomning ajzolari, zishuur maxluqlari bo’lgan umum jin va insni gapirtirib, har birlarining nomiga bir salomi, mazkur ma`nolarla taqdim etdim. Ham u keltirgan nur va hadiya ila, mening bu dunyoimni nurlantirgani kabi, harkasning bu dunyodagi dunyolarini nurlantiradi, ne`matlantiradi deya, u hadiyasiga shokirona bir muqobala navidan «Minglab salovot senga bo’lsin!» dedim. Ya`ni sening bu yaxshiligingga qarshi biz muqobala etolmaymiz, balki Xoliqimizning xazinayi rahmatidan kelgan va samovot ahlining adadicha rahmatlar senga kelishini niyoz ila shukronimizni izhor etamiz, ma`nosini xayolan his etdim.



Hoshiya Zoti Ahmadiyaga (S.A.V.) kelgan rahmat, umum ummatning abadiy zamondagi ehtiyojotiga boqadi. Uning uchun cheksiz salot o’rnilidir. Ajabo, dunyo kabi katta, buyuk va g’aflatla qorong’u, vahshatli va xoli bir xonaga birisi kirsa; naqadar dahshat, vahshat, talosh etar; va birdan u xonani tanvir etib do’st, munis, habib, mahbub bir Yovari Akram ko’rkida ko’rinib, u xonaning Maliki Rahimi Karimini u xonaning har ashyosi ila ta`rif etib tanittirsa naqadar sevinch, unsiyat, surur, ishiq, faroh berganini qiyos etingiz. Zoti Risolatdagi salovotning qiymatini va lazzatini taqdir etingiz!

Аудио мавжуд эмас