Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 2
(1-12)

 

Uchinchi Vajh: Surayi Ixlosda qandayki لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ zohir ma`nosi ma`lum va badihiy bo’lganidan, u ma`noning bir lozimi muroddir. Ya`ni: «Volida va valadi bo’lganlar, iloh bo’lolmaslar.» ma`nosida va Hazrati Iso (A.S.) va Uzayr (A.S.) va maloika va yulduzlarning va g’ayri haq ma`budlarning uluhiyatlarini rad etmoq qasdi ila azaliy va abadiy ma`nosida Janobi Haqning لَمْ يَلِدْ وَ لَمْ يُولَدْ g’oyat badihiy va ma`lum hukm etgani kabi, aynan uning kabi, bu misolimizda ham «rizq va taom qobiliyati bo’lgan ashyo, iloh va ma`bud bo’lolmaslar» ma`nosida Ma`budingiz bo’lgan Razzoqi Zuljalol sizdan o’ziga rizq istamas va siz unga taom berish uchun yaratilmagansiz ma`nosidagi oyat, rizqqa muhtoj va taomlantirgan mavjudod, ma`budiyatga loyiq emaslar, demakdir.

Said Nursiy

 

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اَوْ هُمْ قَائِلُونَ

 

Ra`fat, اَوْ هُمْ قَائِلُونَ oyati jalilasidaki قَائِلُونَ  kalimasining ma`nosini maroq etib so’rashi munosabati ila va qamoqda bomdod namozdan so’ng boshqalar kabi yotishidan kelgan tanballik sababli, olmos kabi qalamini tanballikka yo’liqtirmaslik uchun yozilgandir. Uyqu uch navdir:

Birinchisi: G’ayluladirki, fajrdan so’ng to vaqti qarohat bitishga qadardir. Bu uyqu, rizqning nuqsoniyatiga va barakatsizligiga hadischa sababiyat bergani uchun, xilofi sunnatdir. Chunki rizq uchun sa`y etmoqning muqaddimasini izhor etmoqning eng munosib zamoni, salqinlik vaqtidir. Bu vaqt o’tgandan so’ng bir tanballik ergashadi. U kungi sa`yga va bir hisobda ham rizqqa zarar bergani kabi, barakatsizlikka ham sababiyat bergani, ko’p tajribalarla sobit bo’lgan.

Ikkinchisi: Fayluladirki, asr namozidan so’ng shomga qadardir. Bu uyqu umrning nuqsoniyatiga, ya`ni uyqudan kelgan sarsamlik jihati ila u kungi umrni navm-olud, yarim uyqu, qisqa bir shakl olganidan moddiy bir nuqsoniyat ko’rsatgani kabi, ma`naviy jihati ila ham u kun hayotining moddiy va ma`naviy natijasi aksariyatan asrdan so’ng tazohur etganidan, u vaqtni uyqu ila o’tqazmoq, u natijani ko’rmaslik hukmiga o’tganidan, go’yo u kunni yashamagan kabi bo’ladi.

Uchinchisi: Qayluladirki, bu uyqu sunnati saniyadir. Zuxo vaqtidan, peshindan biroz o’tgangacha. Bu uyqu, kecha qiyomiga sababiyat bergani uchun sunnat bo’lish bilan barobar, Jaziratul Arabda vaqtuz zuhr deyilgan shiddatli harorat zamonida bir mashg’uliyatdan ta`til, odati qavmiya va muhitiya bo’lganidan, u sunnati saniyani yanada ziyoda quvvatlantirgandir. Bu uyqu, ham umrning, ham rizqning ortishiga madordir. Chunki yarim soat kaylula, ikki soat kecha uyqusiga barobar keladi. Demak umriga har kun bir yarim soat qo’shadi. Rizq uchun ishlamoq muddatiga, yana bir yarim soatni o’limning qardoshi bo’lgan uyquning qo’lidan qutqarib xayotlandiradi va ishlamoq zamoniga qo’shadi.

Said Nursiy

 

Аудио мавжуд эмас