Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 4
(1-12)

U Zoti Ahmadiya (S.A.V.) ubudiyati jihati ila –xalqdan Haqqa tavajjuhi hisobidan –rahmat ma`nosidagi salotni istar. Risolati  jihati ila –Haqdan xalqqa elchilikning xosiyatidan  -salom istar. Qandayki jin va ins adadicha salomga loyiq va jin va ins adadicha umumiy yangidan bay`at taqdim etamiz. Xuddi shuning kabi, samovot ahli adadicha, xazinayi rahmatdan har birining nomiga bir salotga loyiqdir. Chunki keltirgan nur ila har bir narsaning kamoli ko’rinar va har bir mavjudning qiymati namoyon bo’lar va harbir maxluqning vazifayi Rabboniyasi mushohada bo’lar va har bir masnu`dagi maqsadi Ilohiya tajalli etar. Uning uchun harbir narsa, lisoni hol ila bo’lgani kabi, lisoni qoli ham bo’lsa edi, «Assalotu vassalomu alayka ya Rasululloh» deyishlari qat`iy bo’lganidan biz umum ularning nomiga

 

اَلْفُ اَلْفِ صَلاَةٍ وَ اَلْفُ اَلْفِ سَلاَمٍ عَلَيْكَ يَا رَسُولَ اللّهِ

ma`nan deymiz.

 

فَيَكْفِيكَ اَنَّ اللّهَ صَلَّى بِنَفْسِهِ وَ اَمْلاَكَهُ صَلَّتْ عَلَيْهِ وَ سَلَّمَتْ

 

Said Nursiy.

 

 

 

Aziz qardoshim!

Vahdatul-vujudga doir bir parcha izohot istaysiz. Bu masalaga doir O’ttiz Birinchi Maktubning bir lam`asida, Hazrati Muhyiddinning bu masaladagi fikriga qarshi g’oyat quvvatli va izohli bir javob bordir. Hozircha bu qadar deymizki:

Bu masalayi vahdat-ul vujudni hozirgi insonlarga talqin etmoq, jiddiy zarar beradi. Qandayki tashbehot va tamsillar, havasning qo’lidan avomning qo’liga va ilmning qo’lidan jahlning qo’liga kirsa, haqiqat deb qabul qilinadi.(Hoshiya) Xuddi shuning kabi vahdat-ul vujud masalasi kabi haqoiqi ulviya, ahli g’aflat va sabab ichiga cho’kkan avomlarga kirsa, tabiat deb qabul qilinadi va uch muhim zarar beradi:



(Hoshiya) Qandayki ikki maloika, tashbehning siri munosabati ila Savr va Hut nomi berilgan, avomcha katta bir ho’kiz va ulkan bir baliq qabul etilgandir.

Аудио мавжуд эмас