Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 7
(1-12)

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

اِنَّ النَّفْسَ َلاَمَّارَةٌ بِالسُّوءِ

Maoli:(Hoshiya) «Nafs doimo yomon narsalarga boshlar» oyatining, hamda

اَعْدَى عَدُوِّكَ نَفْسُكَ الَّتِى بَيْنَ جَنْبَيْكَ ma`noyi sharifi: «Sening eng zararli dushmaning nafsingdir.» hadisining bir nuqtasidir.

Poklanishsiz nafsi ammorasi bo’lishi sharti ila nafsiga suyangan va sevgan odam, boshqasini sevmas. Agar zohiriy sevsa ham samimiy sevolmas, balki undagi manfaatini va lazzatini sevar. Doimo o’zini yoqtirishga va sevdirishga harakat qilar va qusurni nafsiga olmas; balki oqlovchi kabi o’zini mudofaa qilar va poklar. Mubolag’alar ila, balki yolg’onlar ila nafsini madhu sano etib odatda muqaddas etar va darajasiga ko’ra مَنِ اتَّخَذَ اِلهَهُ هَوَيهُ oyatining bir toqatini yer.

Maqtanishi va sevdirishi esa, aksul amal ila sovuqchilikni jalb etar, xunuk tushirar. Ham amali uxroviyda ixlosni yo’qotadi, riyoni qo’shadi. Oqibatni ko’rmagan va natijalarni tushunmagan va lazzati hoziraga mubtalo bo’lgan hisga va havoyi nafsga mag’lub bo’lib, yo’lini yo’qotgan hisning fatvosi ila, bir soat lazzat uchun bir yil hapsda yotar. Bir daqiqa g’urur yoki intiqom sababli o’n yil jazo ko’rar. Odatda dars olgan Amma Juzini birgina shirinlikka sotgan havoyi bir bola kabi, olmos qiymatida bo’lgan hasanotini, hissini lazzatlantirish uchun va havasini mamnun etmoq uchun va havosini to’ydirish uchun, ahamiyatsiz shisha parchalari hukmidagi lazzatlarga, anoniyatlarga vasila qilib, foydali ishlarda hasorat etar.

اَللّهُمَّ احْفَظْنَا مِنْ شَرِّ النَّفْسِ وَالشَّيْطَانِ وَمِنْ شَرِّ الْجِنِّ وَاْلاِنْسَانِ

 

 

Savol: Qiska bir zamondagi kufrga muqobil, hadsiz bir zamon Jahannamda haps qanday adolat bo’ladi?

Aljavob: Bir yil, uch yuz oltmish besh kun hisobi ila, bir daqiqa qatl, etti million sakkiz yuz sakson to’rt ming daqiqa haps iqtizosi qonuni adolat ekan; bir daqiqa kufr, ming qatl hukmida bo’lganidan, yigirma yil umrini kufr ila o’tqazgan va kufr ila o’lgan bir odam, qonuni adolat ila ellik yetti trillion ikki yuz bir milliard ikki yuz million yil basharning qonuni adolati ila hapsga mustahaq bo’ladi. Albatta خَالِدِينَ فِيهَا اَبَدًا  adolati Ilohiy ila vajhi muvofiqligi bundan tushuniladi.

Bir biridan g’oyat uzoq ikki tushunchaning siri munosabati shudirki: Qatl va kufr, taxrib va tajovuz bo’lgani uchun, boshqalarga ta`sir qiladi. Bir daqiqada qatl, loaqal zohiriy odatga ko’ra o’n besh yil qatl etilganning hayotini buzadi, uning o’rniga hapsga kiradi. Bir daqiqa kufr, ming bir asmoyi Ilohiyni inkor va naqshlarini haqorat va koinotning huquqiga tajovuz va kamolotini inkor va hadsiz daloili vahdoniyatni yolg’onlash va shahodatlarini rad etmoq bo’lganidan..kofirni, minglab sanadan ziyoda asfali sofilinga otadi, خَالِدِينَ da haps etadi.

Said Nursiy

 



(Hoshiya) Bu parchaning ham hammaga foydasi bor.

Аудио мавжуд эмас