Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 9
(1-12)

Mana bu Olmos, Javhar, Nurning ikkinchi karomatini isbot ila, uch yoshdan sakkiz yoshga qadar qarindoshlarim va bolam, bu Olmos, Javhar, Nurlar uchun fidokorona va bu yo’lda hayotlarini hech o’ylamasdan fido etishlarini isbot etaman. Chunki bu olmos, Javhar, Nurni o’qirkan hammasi boshimda to’plandilar. Ularga sevindim va birtadan choy berdim; bu Olmos, Javhar, Nurni o’qishga davom etdim. Hammasi birdan «Bu nimadir? Bu yozuv qanday yozuvdir?» so’radilar. Men ham dedim: «Bu Olmos, Javhar, Nurdir!» deya ularga o’qishni boshladim. O’ninchi So’zni o’qirkan soatlar o’tdi. Bolalar qiziqishlaridan, tushunmaganlari zamon hamon bandangizdan so’rar edilar. Men ham bu Olmos, Javhar, Nurni ularning tushuna oladigan shaklda izoh qilarkan bolalarning ranglari, porloq bo’lar edi va go’zallashar edi. Bandangiz ham bolalarning yuziga boqdikcha  hammasida boshqa-boshqa nurli Said ko’rar edim. Savollarida «Nur qaysisi? Javhar qaysisi va Olmos qaysisi?» deya so’raganlarida; «Ha Nur buni o’qishdir. Qara, sizlarda bir go’zallik paydo bo’ldi.» Ular ham bir birlarining yuzlariga boqdilar, tasdiq etdilar. «Yo Olmos nimadir? Bu so’zlarni yozmoqdir.» U zamon, ya`ni yozganingiz zamon sizning yozuvlaringiz olmos kabi qiymatli bo’ladi. Tasdiq etdilar. «Yo Javrar nimadir? Mana u shu kitoblardan olganingiz iymondir.» Hammasi birdan shahodat keltirdilar. Bu suhbatda uch-to’rt soat o’tgan, bandangiz farqiga bormapman.

Mana Olmos, Javhar, Nur shudir dedim. Tasdiq etdilar. Hammasi birdan menga boqarlardi va «Buni kim yozdi?» deyardilar.

Ojiz talabangiz

Shafiq

 

 

Аудио мавжуд эмас