Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 12
(1-12)

Ammo Jannatning uzoqligi bilan barobar olami baqodan bo’lgani holda eng yaqin yerlarda ko’rilishi va ba`zan undan meva olinishi esa; avvalgi ikki tamsil siri ila tushunilgani kabi, bu olami foniy va olami shahodat esa olami g’aybga va dori baqoga bir pardadir. Jannatning markazi kubrosi uzoqda bo’lish bilan barobar, olami misol oynasi vositasi ila har tarafda ko’rinishi mumkin bo’lgani kabi, haqqalyaqin darajasidagi iymonlar vositasi ila, Jannatning bu olami foniyda –tamsilda xato bo’lmasin- bir navi mustamlakalari va doiralari bo’lishi mumkin va qalb telefoni ila yuksak ruhlar ila suhbatlashishlari bo’lishi mumkin, hadiyalari kelishi mumkin.

Ammo doirayi kulliyaning juz`iy bir hodisayi shaxsiya ila mashg’ul bo’lishi, ya`ni qohinlarga g’aybiy xabarlarni keltirmoq uchun shaytonlar, to samovotga chiqib quloq soladilar, yarim yamaloq xato xabarlar keltiradilar deya tafsirlardagi ifodalarning bir haqiqati shu bo’lishi kerakki: Samovot mamlakatining poytaxtiga qadar ketib u juz`iy xabarni olmoq emasdir. Balki havo olamida ham ichida bo’lgan samovot mamlakatining –tashbehda xato yo’q- qo’riqchi xonalari hukmida ba`zi mavqelari borki, u mavqelarda Arz mamlakati ila munosabatdorlik bo’ladi: juz`iy hodisalari uchun, u juz`iy maqomlardan quloq o’g’irligi qiladilar. Hatto qalbi insoniy ham u maqomlardan birisidirki, malaki ilhom ila shaytoni xususiy u mavqeda qarshi chiqadilar. Va haqoiqi iymoniya va Qur`oniya va hodisoti Muhammadiya (S.A.V.) esa, naqadar ham juz`iy bo’lsa, eng katta, eng kulliy bir hodisayi muhimma hukmida eng kulliy bir doira bo’lgan Arshi A`zamda va doirayi samovotda –tamsilda xato bo’lmasin- Muqaddarot-i koinotning ma`naviy gazetalarida nashr bo’ladiganday har burchakda madori bahs bo’ladi, deya bayon ila barobar, qalbi Muhammadiydan (S.A.V.) to doirayi Arshga borguncha esa, hech bir jihatla mudohala imkoni bo’lmaganidan, samovotni tinglamoqdan boshqa, shaytonlarning chorasi qolmaganini ifoda ila, vahiyi Qur`oniy va nubuvati Ahmadiya (S.A.V.) qay daraja yuksak bir darajayi haqqoniyatda bo’lganini va hech bir jihatla xilof va xato va hiyla unga yopishishi mumkin bo’lmaganini, g’oyat balog’atda balki mo’`jizona e`lon etmoq va ko’rsatmoqdir.

Said Nursiy

Аудио мавжуд эмас