Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 10
(1-12)

Yigirma Sakkizinchi Lam`aning

Yigirma Sakkizinchi Nuqtasi

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

لاَ يَسَّمَّعُونَ اِلَى اْلَمَلاِ اْلاَعْلَى وَيُقْذَفُونَ مِنْ كُلِّ جَانِبٍ ۞

 دُحُورًا وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ ۞

اِلاَّ مَنْ خَطِفَ الْخَطْفَةَ فَاَتْبَعَهُ شِهَابٌ ثَاقِبٌ

وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاءَ الدُّنْيَا بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْنَاهَا رُجُومًا لِلشَّيَاطِينِ

 

kabi oyatlarning muhim bir nuqtasi, ahli zalolatning bir tanqidi munosabati ila bayon etiladi. Shundayki:

Jin va shaytonlarning josuslari, samovot xabarlarini quloq o’g’riligi qilib, g’aybiy xabarlarni keltirib, qohinlar va moddiyunlar va ba`zi spiritizmachilar kabi, g’aybdan xabar berishlarini, nuzuli vahiyning boshlanishida vahiyga shubha keltirmaslik uchun ularning u doimiy josusligi, u zamon yanada ziyoda yulduz parchalariyla toshbo’ron va man etilganiga doir bo’lgan mazkur oyatlar munosabati ila g’oyat muhim uch boshli bir savolga muxtasar bir javobdir.

Savol: Shu kabi oyatlardan tushuniladiki, juz`iy va ba`zan shaxsiy bir hodisayi g’aybiyani ham olmoq uchun, g’oyat uzoq bir masofa bo’lgan samovot mamlakatiga josus shaytonlarning suqulishlari va juda keng mamlakatning har tomonida u juz`iy hodisaning baxsi borday; qaysi shayton bo’lsa. qaysi yerga suqulsa, yarim-yamaloq u xabarni eshitadi, keltiradi deya bir ma`noni aql va hikmat qabul etmaydi. Ham nassi oyatla, samovotning ustida bo’lgan Jannatning mevalarini ba`zi ahli risolat va ahli karomat, yaqin bir yerdan olayotganday olar ekanlar. Ba`zan yaqindan Jannatni tomosha qilarkanlar, deya nihoyat uzoqlik nihoyat yaqinlik ichida bir masaladirki, bu asrning aqlga sig’mas? Ham juz`iy bir shaxsning bir ahvoli; kulliy va keng bo’lgan samovot mamlakatidagi Malaklar olamining madori baxsi bo’lishi, g’oyat hakimona bo’lgan koinot idorasining hikmatiga muvofiq kelmaydi? Holbuki bu uch masala ham Haqoiqi Islomiyadan sanaladi?

Аудио мавжуд эмас