Lemalar lot | O’ninchi Lam`a | 1
(1-8)

O’ninchi Lam`a

 

Shafqat Toqatlari Risolasi

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا

وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُوءٍ تَوَدُّ لَوْ اَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُ اَمَدًا بَعِيدًا

وَيُحَذِّرُكُمُ اللّهُ نَفْسَهُ وَاللّهُ رَؤُفٌ بِالْعِبَادِ

 

oyatining bir sirrini, xizmati Qur`oniyada do’stlarimning bashariyat muqtazosi ila savhu xatolarining natijasida yeganlari shafqat toqatlarini bayon etmoqla tafsir etadi. Xizmati Qur`oniyaning bir silsilayi karomati va u xizmati qudsiyaning atrofida izni Ilohiy ila nazorat etgan va himmat va duosi ila yordam etgan G’avsi A`zamning bir navi karomati bayon etiladi. Toki bu xizmati qudsiyada bo’lganlar, jiddiyaliklarida, xizmatlarida sabot etsinlar.

Bu xizmati qudsiyaning karomati uch navdir:

Birinchi navi: U xizmatni izhor etmoq va xodimlarini u xizmatga yo’nalitirish jihatidir.

Ikkinchi qism: Mone`larni bartaraf etmoq va zararkunandalarning yomonligini daf etib, ularni toqatlamoqdir. Bu ikkinchi qismning hodisalari ko’pdir, ham juda uzundir.* Boshqa vaqtga qoldirib, eng yengil bo’lgan uchinchi bir qismdan bahs etamiz.

Uchinchi qism shudirki: Xizmatda xolisan ishlaganlarga sustlik kelgan payt, shafqatli bir toqat eydilar, uyg’onib yana u xizmatga kiradilar. Bu qismning hodisoti, yuzdan ortiqdir. Yolg’iz yigirmata hodisadan o’n uch - o’n to’rttasi shafqatli toqat yeganlar, olti-ettitasi la`nat toqatini yeganlar.

Birinchisi: Bu bechora Saiddir. Qachonki xizmatga sustlik qilib, «nimaga kerak» deb xususiy nafsimga oid ishlar bilan mashg’ul bo’lgan paytim toqat yeganman. Hamda qanoatim kelyaptiki; ahamiyat bermaslikdan toqat yedim. Chunki qaysi maqsadim meni aldagan bo’lsa, uning aksi ila toqat yerdim. Boshqa xolis do’stlarimning ham yegan shafqat toqatlari, diqqat etib etib, men kabi qaysi maqsad uchun ahamiyatsizlik etgan bo’lsa, uning aksi ila shafqat toqatlarini yeganlaridan qanoatimiz kelganki: U hodisalar, xizmati Qur`oniyaning karomatidandir.



* Masalan: Xalq partiyasi, Nur talabalariga bergan azob va siquv va ihonatlardan, o’zlari dunyoda ham ziyoda jazosini chektilar, aynini ko’rdilar.

Аудио мавжуд эмас