Lemalar lot | O’ninchi Lam`a | 2
(1-8)

Masalan: Bu bechora Said, Vanda darsi haqoiqi Qur`oniya ila mashg’ul bo’lgan miqdorcha Shayx Said hodisasi zamonida vasvasali hukumat, hech bir jihatda menga tegmadi va tegolmadi. Qachonki «nimaga kerak» dedim, o’z nafsimni tushundim. Oxiratimni qutqarmoq uchun Erek Tog’ida xaroba g’or kabi bir yerga chekildim. U vaqt sababsiz meni oldib surgun ettilar. Burdurga keltirildim. U yerda yana xizmati Qur`oniyada bo’lganim miqdorcha, u vaqt surgun etilganlarga ko’p diqqat etilar edi, har oqshom isboti vujud etmoqla mukallaf bo’lganliklari holda – men va xolis talabalarim mustasno qoldik. Men hech qachon isboti vujudga ketmadim, hukumatni tanimadim. U yerning hokimi, u yerga kelgan Fayzi Poshshoga shikoyat etmish. Fayzi Poshsho demish: «Unga tegmanglar, hurmat qilinglar. Bu so’zni unga dedirgan, xizmati Qur`oniyaning qudsiyatidir. Qachonki nafsimni qutqarmoq, yolg’iz oxiratimni tushunmoq fikri menga g’alaba etdi. Xizmati Qur`oniyada ozgina sustlik keldi, aksi maqsadimla toqat yedim. Ya`ni, bir surgun yeridan boshqasiga (Ispartaga) yuborildim. Ispartada yana xizmat boshiga o’tdim. Yigirma kun o’tgandan so’ng ba`zi qo’rqoq insonlarning ixtorlariyla: «Balki bu vaziyatni hukumat xush ko’rmaydi, bir oz sekinlashtirsang, yaxshiroq bo’ladi.» dedilar. Menda takror yolg’iz o’zimni tushinish xotirasi quvvat topdi. «Endi xalqlar kelmasin» dedim. Yana u surgun yeridan ham uchinchi surgun bo’lib Barlaga berildim. Barlada qachonki menga sustlik kelgan bo’lsa, yolg’iz o’zimni tushunmoq xotirasi quvvat topgan bo’lsa, bu ahli dunyoning ilonlaridan, munofiqlaridan birisi menga musallat bo’lgan. Bu sakkiz yilda sakson hodisani, o’z boshimdan o’tgani uchun hikoya etishim mumkin. Zeriktirmaslik uchun tugataman.

Ey do’stlarim! Boshimga kelgan shafqat toqatlarini aytdim. Sizlarning ham boshlaringizga kelgan shafqat toqatlarini, izn bersangiz va halol etsangiz aytib beraman. Xafa bo’lmanglar. Xafa bo’ladiganlar bo’lsa ismini aytmayman.

Ikkinchisi: O’z qardoshim va eng birinchi va yuksak va fidokor bir talabam bo’lgan Abdulmajidning Vanda chiroyli bir uyi bor edi. Idorasi joyida, ham muallim edi. Xizmati Qur`oniyaning yanada rivojli bir yeri bo’lgan hududga ketishim uchun orzuimning xilofiga tashabbus etganlarga, ishtihodicha go’yo manfaatim uchun ishtirok etmadi, rozilik bermadi. Go’yo men xududga ketsaydim, ham xizmati Qur`oniya siyosatsiz, sof bo’lmaydi, ham uni Vandan chiqaradilar deya ishtirok etmadi. Maqsadining aksi ila shafqatli bir toqat yedi. Ham Vandan, ham o’sha chiroyli uyidan, ham mamlakatidan ayrildi, Erganiga ketishga majbur bo’ldi.

Аудио мавжуд эмас