Uchinchisi: Xizmati Qur`oniyaning juda muhim bir a`zosi bo’lgan Xulusi Bey, Eg’irdirdan mamlakatga ketgan payti, saodati dunyoviyani tom zavq ettiradigan va ta`min etadigan sabab bo’lganidan, bir daraja faqatgina uxroviy bo’lgan xizmati Qur`oniyada sustlikka yuz ko’rsatishiga doir sabab hozirlandi. Chunki ham ko’pdan beri ko’rmagan padar va volidasiga qovushdi, ham vatanini ko’rdi, ham sharafli, martabali bir suratda ketgani uchun dunyo unga kuldi, go’zal ko’rindi. Xolbuki, xizmati Qur`oniyada bo’lganga; yo dunyo unga yuz o’girmali yoki u dunyoga yuz o’girmali. Toki Ixlos ila, jiddiyat ila xizmati Qur`oniyada bo’lsin.
Mana Xulusining qalbi garchi sarsilmagan edi. Faqat bu vaziyat uni sustlikka yo’naltirganidan shafqatli toqat yedi. Tom bir-ikki yil ba`zi munofiqlar unga musallat bo’ldilar. Dunyoning lazzatini ham qochirdilar. Ham dunyoni undan, ham uni dunyodan yuz o’girtirdilar. U vaqt vazifayi ma`naviyasidagi jiddiyatga tom ma`nosi ila yopishdi.
To’rtinchisi: Muxojir hofiz Ahmaddir. U o’zi aytadi: Ha, men e`tirof etamanki: Xizmati Qur`oniyada oxiratim nuqtayi nazarida ijtihodimda xato qildim. Xizmatga sustlik beradigan bir orzuda bo’ldim. Shafqatli, faqat shiddatli va kaforatli bir toqat yedim. Shundayki: Ustozim yangi ijodlarga(*) tarafdor bo’lmagani uchun –mening masjidim uning qo’shnisidir; uch muborak oylar kelobdi, masjidimni tark etsam ham men ko’p savob yo’qotaman, ham mahalla namozsizlikka ko’nikadi. Yangi usul qilmasam man etilaman. Mana bu ijtihodga ko’ra –ruhim qadar sevganim Ustozimning vaqtincha boshqa bir qishloqqa ketishini orzu qildim. Bilmadimki, u o’rnini o’zgartirsa, boshqa bir yerga ketsa, xizmati Qur`oniyaga vaqtincha sustlik keladi. Tom u paytlarda men toqat yedim. Shafqatli, faqat shunday dahshatli bir toqat yedimki, uch oydir hali aqlim boshimga kelmadi. Faqat lillahilhamd, Ustozimning qat`iy xabariyla, unga ixtor etildiki; u musibatning har daqiqasi, bir kun ibodat hukmida bo’lganini rahmati Ilohiyadan umidvor bo’lishimiz mumkin. Chunki u xato bir g’arazga binoan emasdi. faqatgina oxiratimni o’ylamoq nuqtasida u orzu keldi.
Beshinchisi: Haqqi Afandidir. Hozir bu yerda bo’lmagani uchun, Xulusiga vakolat etganim kabi, unga ham vakolatan deymanki: Haqqi Afandi talabalik vazifasini haqqi ila ado etarkan, axloqsiz bir rais keldi. Ham Ustoziga, ham da o’ziga zarar kelmaslik uchun, yozganlarini saqladi. Vaqtincha xizmati Nuriyani tark etdi. Birdan bir shafqat toqati ma`nosida ming lirani berishga majbur bo’ladigan bir da`vo boshi ustida ochildi. Bir yil u tahdid ostida qoldi. To keldi, bu yerda ko’rishdik, qaytadan xizmati Qur`oniyaga talabalik vazifasiga kirdi. Shafqat toqatining hukmi bekor bo’ldi, oqlandi. So’ng Qur`onni yangi bir tarzda(Xoshiya) (Xoshiya) yozmoq xususida talabalarga bir vazifa ochildi. Xaqqi Afandiga ham hissa berildi. Xaqiqatdan, u hissasiga sohib chiqdi. Bir juzni chiroyli yozdi, faqat dardi maishat zarurati ila o’zini majbur bilib yashirincha da`vo vakolatxonasiga tashabbus etdi. Birdan bir shafqat toqati yana yedi. Qalamni tutadigan barmog’i, vaqtincha sindi. Bu barmoq bilan ham da`vo vakolati yozmoq, ham Qur`onni yozib bo’lmaydi deya, lisoni ma`no ila ixtor etildi. Da`vo vakolatxonasiga tashabbusini bilmaganimiz uchun barmog’iga hayrat etayotgan edik. Keyin tushunildiki: Qudsiy, sof xizmati Qur`oniya, g’oyat toza o’ziga maxsus barmoqlarni boshqa ishga qo’shmoq istamaydi. Nima bo’lganda ham… Xulusi Beyni o’zim kabi bildim, unga badal gapirdim. Xaqqi Afandi ham aynan u kabidir. Agar mening vakolatimga rozi bo’lmasa, o’z toqatini o’zi yozsin.