Lemalar lot | O’ninchi Lam`a | 6
(1-8)

O’ninchisi: Xofis Ahmad (R.A.) ismli bir kishidir. Bu zot, risolalarning yozilishida ikki uch yil tashviqkorona bir suratda bo’ldi va istifoda etar edi. So’ngra ahli dunyo, zaif bir tomiridan istifoda etdi. U shavq zadalandi. Ahli dunyo bilan qo’shildi. Balki u jihatla ahli dunyoning zararini ko’rmasin, ham ularga so’zini o’tqazsin va bir navi mavqe qozonsin va tor bo’lgan maishatiga bir yengillik bo’lsin. Mana xizmati Qur`oniyaga u suratla u sababli kelgan sustlik va zararga muqobil ikki toqat yedi. Biri; Tor maishati ila barobar besh kishi yana ilova etildi, parishoniyati ahamiyat kasb etdi. Ikkinchi toqat: Sharaf va haysiyat nuqtasida ta`sirchan va hatto birgina odamning tanqid va e`tirozini ko’tarolmagan u zot, bilmasdan bazi aldoqchi insonlar uni shunday bir suratda o’zlariga parda etdilarki, sharafi ziru zabar bo’ldi, yuzdan to’qsonini yo’qotdi va yuzdan to’qson kishini o’ziga qarshi etdi. Nima bo’lganda ham… Alloh kechirsin, balki inshoolloh bundan uyg’onadi, yana qisman vazifasiga qaytadi.

O’n Birinchisi: Balki roziligi yo’q deya yozilmadi…

O’n Ikkinchisi: Muallim G’olibdir (R.H.). Darhaqiqat bu zot, sodiqona va taqdirkorona, risolalarning oqlama yozuvida ko’p xizmat qildi va hech bir mushkilot qarshisinda zaiflik ko’rsatmadi. Aksar kunlarda kelar edi, kamoli shavq ila tinglar edi va nusxa ko’chirar edi. So’ngra o’ziga, o’ttiz lira haq muqobiliga umum So’zlarni va Maktubotni yozdirdi. Uning maqsadi, mamlakatida nashr etmoq va ham hamshaharlarini nurlantirmoq edi. So’ngra ba`zi tushunchalar natijasida risolalarni tasavvur etgani kabi nashr etmadi, sandig’ida qoldirdi. Birdan alamli bir hodisa yuzidan bir yil g’am va g’ussa chekdi. Risolalarning nashri ila unga adovat etadigan rasmiy bir nechta dushmanlarga badal, zolim insofsiz ko’p dushmanlarni topdi; bir qism do’stlarini yo’qotdi.

O’n Uchinchisi: Hofiz Holiddir (R.H.). O’zi der: «Darhaqiqat e`tirof etaman, Ustozim xizmati Qur`oniyada nashr etgan asarlarning qoralama nusxalarini haroratli bir suratda yozganim zamon mahallamizda bir jome` imomligi bor edi. Eski ilmiy unvonimni, sallani bog’lamoq niyati ila vaqtinchalik u xizmatga sustlik ko’rsatib, bilmasdan chekildim. Maqsadimning aksi ila shafqatli bir toqat yedim. Sakkiz-to’qqiz oy imomlik etganim holda, muftining ko’p va`dalariga qaramasdan, favqulotda bir suratda sallani bog’lolmadim. Shubhamiz qolmadiki, u qusurdan bu shafqatli toqat keldi. Men Ustozimning ham bir muhotabi, ham bir ilk kotibi edim. Mening chekilishim esa qoralama nusxa xususida siqilish chekgandi. Nima bo’lganda ham .. Yana shukurki; qusurimizni tushundik va bu xizmatning ham naqadar qudsiy bo’lganini bildik va Shoxi Geyloniy kabi orqamizda ko’riqchi malaklar kabi bir Ustoz bo’lganiga e`timod etdik.»

 

Zaif bir banda

Xofiz Xolid

 

Аудио мавжуд эмас