Lemalar lot | O’ninchi Lam`a | 7
(1-8)

O’n to’rtinchisi: Uch Mustafoning kichkina «uch toqat» yeyishlaridir.

Birinchisi: Mustafo Chavush (R.H.). sakkiz yildir bizning xususiy kichik masjidga, ham pechkasiga, ham kerosinniga, ham go’gurtiga qadar xizmat etar edi. Xatto kerosinini va go’girtini sakkiz yildir o’z cho’ntagidan sarf etganini keyin bildik. Jamoatdan, xususan Juma kechalarida g’oyat zaruriy bir ish bo’lmasa orqa qolmas edi. So’ngra ahli dunyo uning sofiy qalbidan istifoda etib dedilarki: «So’zlarning bir kotibi bo’lgan Hofizning sallasiga tegadilar. Ham yoshirin azon, vaqtinchalik tark etilsin. Sen kotibga aytgin, jabr ko’rmasdan avval sallasini bog’lamasin.» U bilmas Ediki: Xizmati Qur`oniyada bo’lgan birisining sallasini chiqarishga doir so’zni so’zlash, Mustafo Chavush kabi yuksak ruhlilarga juda og’irdir. Ularning so’zlarini so’zladi. O’sha kecha tushda men ko’rdimki: Mustafo Chavushning qo’llari kir, boshqarma orqasida bo’lib xonamga keldi. ikkinchi kun unga dedim: Mustafo Chavush, sen bugun kim bilan ko’rishding? Seni qo’ling  bulg’angan bir suratda boshqarmaning orqasida ko’rdim. Dedi: «Eyvoh! Menga bunday bir so’z, rais dedi, kotibga ayt. Men orqasida nima bo’lganini bilmadim.» Ham ayni kunda bir o’qqaga yaqin kerosinini masjidga keltirmish. Hech sodir bo’lmagan, u kun eshik ochiq qolgan, bir echki bolasi ichkariga kirgan, katta bir kishi kelmish, echki bolasining joynamoz yaqinida qoldirgan axlatini yuvmoq uchun, idishdagi kerosinini suv deb o’ylab butun u kerosinini tozalayapman deya masjidning har tarafiga sepmish. Ajoibdirki, hidini sezmagan. Demak u masjid lisoni hol ila Mustafo Chavushga deydiki: «Sening kerosining bizga lozim emas. Qilgan xatong uchun kerosinini qabul etmadim.» deya ishora bermoq uchun u kishiga hid sezdirilmadi. Hatto u hafta ichida Juma kechasida va bir nechta muhim namozga, shu qadar harakat qilgani holda jamoatga yetisha olmas edi. So’ng jiddiy bir nadomat, bir istig’for etgandan so’ng asl sofligiga qaytdi.

Ikkinchi Mustafolar: Kuleonundagi qiymatli, faol muhim bir talabam bo’lgan Mustafo ila, uning juda sodiq va fidokor do’sti  Hofiz Mustafodir. (R.H.). Men bayramdan keyin, ahli dunyo bizlarga siqilish berib xizmati Qur`oniyaga sustlik bermaslik uchun hozircha kelmasinlar, deya xabar yuborgan edim. Shoyat keladigan bo’lsalar birta birta kelsinlar. Holbuki ular uch odam birdan, bir kechada keldilar. Fajrdan avval havo yaxshi bo’lsa ketmoq niyat etildi. Hech bunday bo’lmagan bir tarzda ham Mustafo Chavush, ham Sulaymon Afandi, ham men, ham ular, zohir bir tadbirni o’ylamadik, bizga unuttirildi. Har birimiz boshqasiga qoldirib ehtiyotsizlik etildi. Ular fajrdan avval ketdilar. Shunday bir to’fon ularni ikki soat davomli toqatladiki; bu to’fondan qutilmaydilar, deya xavotir etdim. Xozirga qadar bu qishda na bunday to’fon bo’lgan va nada bu qadar hech kimga achinmagan edim. So’ng Sulaymonni, ehtiyotsizlikning jazosi sifatida orqalaridan yuborib sihat va salomatliklarini bilmoq uchun yuboroqchi edim. Mustafo Chavush dedi: U ketsa u ham qoladi. Men ham uning orqasidan ketib qidirishim lozim. Mening ham orqamdan Abdulloh Chavush kelishi lozim. «Bu xususda «Tavakkalna alalloh» dedik, intizor etdik.

Аудио мавжуд эмас