Lemalar lot | O’ninchi Lam`a | 4
(1-8)

Oltinchisi: Bekir Afandidir. Hozir bu yerda bo’lmagani uchun: men, qardoshim Abdulmajidga vakolat etganim kabi, uning e`timod va sadoqatiga e`timodim va Shomli Hofiz va Sulaymon Afandi kabi butun xos do’stlarimning hukmlariga tayanib deymanki: Bekir Afandi, O’ninchi So’zni nashr etdi. I`jozi Qur`onga doir Yigirma Beshinchi So’zni yangi harf chiqmasdan nashr etmoq uchun unga yubordik. O’ninchi So’zning matba`a pulini yuborganimiz kabi, uni ham yuboramiz deya yozdik. Bekir Afandi, mening faqir holimni tushinib matba`a puli 900 banknot qadar bo’lganini mulohaza etib va o’z cho’ntagidan bersa, balki Xo’ja rozi bo’lmas deya nafsi uni aldadi. Nashr etilmadi. Xizmati Qur`oniyaga muhim bir zarar bo’ldi. Ikki oy so’ng 900 lira o’g’rilarning qo’liga o’tdi. Shafqatli va shiddatli bir toqat yedi. Inshoolloh ziyonga ketgan 900 lira, sadaqa hukmiga o’tdi.

Yettinchisi: Shomli Xofiz Tavfiqdir. U o’zi aytadi: Darraqiqat e`tirof etamanki: Men bilmasdan xato o’ylab, xizmati Qur`oniyada sustlik beradigan harakatim sababi ila ikkita shafqatli toqat yedim. Shubham qolmadiki, bu toqat u jihatda keldi.

Birinchisi: Lillahilhamd, mening arabiy xattim Qur`onga bir daraja uyg’un bir tarzda ehson etilgan edi. Ustozim eng avval uch juz menga yozdirmoqla boshqa do’stlarimga taqsim etdi. Qur`on yozmoq ishtiyoqi, risolalarning oqlama va qo’lyozma xizmatga orzuimni sindirdi. Ham arabiy xatti bo’lmagan boshqa do’stlarimdan ustunlik etaman deya g’ururkorona bir holatda bo’ldim. Hatto Ustozim yozuvga oid bir tadbir menga so’zlagani vaqit, «Bu ish menga oiddir» deya u payt dedim, «Men buni bilaman, dars olishga ehtiyojim yo’q» kabi mag’rurona so’yladim. Mana shu xatomga ko’ra favqulotda hech aqlga kelmaydigan bir toqat yedim. Eng kam arabiy xati bo’lgan do’stimga (Xusravga) yetisholmadim. Bizlar butun hayrat etdik. Hozir tushundimki, u bir toqatdir.

Ikkinchisi: Men e`tirof etamanki: Xizmati Qur`oniyadagi kamoli ixlos va faqatgina livajhilloh uchun xizmatni, ikki vaziyatim buzayotgan edi. Shiddatli bir toqat yedim. Chunki men bu mamlakatda g’arib hukmidaman, g’aribman. Ham shikoyat bo’lmasin, Ustozimning eng muhim bir dasturi bo’lgan iqtisodga va qanoatga rioya etmaganimdan faqir holga ma`ruzman. Xudbin, mag’rur insonlarla ko’rishishga majbur bo’lganimdan –Janobi Haq avf etsin- muruvvatkorona bir suratda riyoga va laganbardorlikka ham majbur bo’lar edim. Ustozim ko’p marta meni uyg’otar va xotirlar va urushar edi. Afsuski o’zimni qutqarolmas edim. Holbuki Qur`oni Hakimning ruhi xizmatiga zid bo’lgan bu vaziyatimdan shaytoniy jin va inslar istifoda etmoqla xizmatimizga ham sovuqlik, bir sustlik berayotgan edi.

Аудио мавжуд эмас