Lemalar lot | O’ninchi Lam`a | 5
(1-8)

Mana men bu qusurumga qarshi shiddatli, faqat inshoolloh shafqatli bir toqat yedim. Shubhamiz qolmadiki; bu toqat, u qusurga binoan kelgan. U toqat ham shudir: Sakkiz yildir men, Ustozimning ham muhotabi, ham kotibi, ham nusxachisi bo’lganim holda, sakkiz oy qadar nurlardan istifoda etolmadim. Bu holga hayrat etdik.  Men ham va Ustozim ham «Bu nima uchun bunday bo’lyapti?» deya sabab qidirar edik. Hozir qat`iy qanoatim keldiki: U haqoiqi Qur`oniya nurdir, ziyodir. Ko’rsatishlik, pastkashlik, zillatlik zulmatlari ila birlasholmas. Shuning uchun bu nurlar haqiqatlarining ma`nolari, mendan uzoqlashgan tarzida bo’lib, menga begona ko’rinar, begona qolar edi. Janobi Haqdan niyoz etamanki: Bundan so’ng Janobi Haq menga u xizmatga loyiq ixlos ehson etsin, ahli dunyoga ko’rsatmachilik va riyodan qutqarsin. Boshda Ustozim bo’lib, do’stlarimdan duo so’rayman.

Pur-qusur

Shomli Xofiz Tavfiq

 

Sakkizinchisi: Sayroniydir. Bu zot, Xusrav kabi Nurga mushtoq va zakovatli bir talabam edi. Asror-i Qur`oniyaning bir kaliti va ilmi jifrning muhim bir kaliti bo’lgan tavofuqotga doir Ispartadagi talabalarning fikrlarini to’plamoqchi edim. Undan boshqalari, kamoli shavq ila ishtirok etdilar. U zot boshqa bir fikrda va boshqa bir holatda bo’lgani uchun, ishtirok etmaslik bilan barobar, meni ham bilgan qat`iy haqiqatdan voz kechirmoq istadi. Jiddiy menga tegadigan bir maktub yozdi. Eyvoh dedim, bu talabamni yo’qotdim.! Garchi fikrini o’zgartirmoq istadim. Boshqa bir ma`no yana qo’shildi. Bir shafqatli toqat yedi. Bir yilga yaqin bir hilvatxonada (ya`ni hapsxonada) kutdi.

To’qqizinchisi: Katta Hofiz Zuhdidir. Bu zot, Ag’rustagi Nur talabalarining boshida nozirlari hukmida bo’lgan bir zamon, Sunnati Saniyaga ittibo va bid`atlardan uzoqlashishni maslak qabul etgan talabalarning ma`naviy sharafini yetarli ko’rmasdan va ahli dunyoning nazarida bir mavqe` qozonmoq orzusiyla muhim bir bid`atning muallimligini boshladi. To’liq maslagimizga zid bir xato ishladi. Juda mudhish bir shafqat toqatini yedi. Xonadonining sharafini parcha-parcha etadigan bir hodisaga ma`ruz qoldi. Faqat afsuski Kichik Xofiz Zuhdi, hech toqatga layoqati yo’qkan, u alamli hodisa unga ham tegib o’tdi. Balki inshoolloh u hodisa, uning qalbini dunyodan qutqarib tamomiyla Qur`onga bermoq uchun bir foydali amaliyoti jarrohiya hukmiga o’tadi.

Аудио мавжуд эмас