Savol: Xos do’stlaringizga kelgan musibatlarni, toqat asari deb xizmati Qur`oniyada sustliklari jihatida bir arazlanish deb kabul etyapsan. Holbuki sizga va xizmati Qur`oniyaga haqiqiy dushmanlik etganlar, salomat qolyaptilar. Nima uchun do’stga toqat urilyapti, dushmanga tegilmayapti.
Aljavob:
اَلظُّلْمُ لاَ يَدُومُ وَالْكُفْرُ يَدُومُ sirricha: Do’stlarning xatolari, xizmatimizda bir navi zulm hukmiga o’tgani uchun, tez jazolanadi. Shafqatli toqat yer, aqli bo’lsa uyg’onadi. Dushman bo’lsa, xizmati Qur`oniyaga ziddiyati, mone`ligi, zalolat hisobiga o’tadi. Bilib yoki bilmasdan xizmatimizga tajovuzi, zindiqa hisobiga o’tadi. Kufr davom etgani uchun, ular aksariyatla tez toqat yemaydilar. Qandayki kichik jinoyatlar qilganlarning nohiyalarda jazolari beriladi. Katta jinoyatlar esa katta mahkamalarga yuboriladi. Xuddi shuning kabi: Ahli iymonning va xos do’stlarning hukman kichik xatolari, tezda ularni tozalamoq uchun qisman dunyoda va tezlik bilan beriladi. Ahli zalolatning jinoyatlari, shu qadar kattaki: qisqacha hayoti dunyoviyaga jazolari sig’ishmaganidan, muqtazoyi adolat bo’lib, olami baqodagi mahkamayi kubroga havola etilgani uchun aksariyatla bu yerda jazoga tortilmaydilar.
Mana hadisi sharifda اَلدُّنْيَا سِجْنُ الْمُؤْمِنِ وَجَنَّةُ الْكَافِرِ mazkur haqiqatga ham ishora etadi. Ya`ni Dunyoda shu mo’`min, qisman qusurotidan jazosini ko’rgani uchun dunyo uning haqida bir jazo yeridir. Dunyo ularning saodatli oxiratlariga nisbatan bir zindon va jahannamdir. Va kofirlar modomiki Jahannamdan chiqmaydilar. Xasanotlarining mukofotini qisman dunyoda ko’rganliklari va buyuk yomonliklari keyinga qoldirilgani jihatla, ularning oxiratlariga nisbatan dunyo jannatlaridir. Bo’lmasa, mo’`min bu dunyoda ham kofirdan ma`nan va haqiqat nuqtayi nazaridan ko’p ziyoda saodatlidir. Odatda mo’`minning iymoni, mo’`minning ruhida bir jannati ma`naviya hukmida o’tadi, kofirning kufri, kofirning mohiyatida ma`naviy bir jahannamni otashlantiradi.
سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ