Ma`nodor bir tavofuqli latifa
Risola-i Nur shogirdlarini ittihom etganlari va jazolarini istaganlari 163 moddasiga, Risola-i Nur muallifining madrasasiga, bir yuz ellik ming lira berilishiga doir loyihaning, 200 vakildan 163 vakilning adadiga tavofuq etib, ma`nan u tavofuq deydiki: Hukumati Jumhuriyaning 163 vakilning taqdirkorona imzolari, 163 moddayi qonuniyaning hukmini, u haqida botil etadi.
Ham yana ma`nodor bir tavofuqoti latifadandirki, Risola-i Nurning 128 parchasi, 115 parcha kitob bo’ladi. Risola-i Nur shogirdlarining va muallifining qamoqqa olishi 27/aprel/1935 sanasi ila, mahkamaning qaror va hukm sanasi bo’lgan 19/avgust/1935 sanasi bo’lishiga nazaran, 115 kun bo’lib, Risla-i Nur kitoblari adadiga tavofuq etmoqla barobar, so’roq etilgan, 115 aybli ko’rsatilgan shaxslarning ham adadiga tom-tomiga tavofuq etgani kabi..ko’rsatadiki: Risola-i Nur muallifining va shogirdlarining boshiga kelgan musibat, bir dasti inoyatla tanzim etilmoqda.(Hoshiya)
* * *
Bu Lam`aning boshida Imomi Ali (r.a.), Risola-i Nurga ishorat etganidan, bir qardoshimiz hayajonli bir ishtiyoqla Risola- Nurga, Olmos, Javhar, Nur ismini taqib takrorlab yozgan edi. Bu Lam`aning oxirida qo’yilishi munosib ko’rildi:
Taqvo doirasida bo’lgan talaba devona ham bo’lsa, ajabo Risola-i Nurning va qiymatli olmosning nuridan ayrila olarmi? Shunday taxmin qilamanki: Risola-i Nurning bu ojiz talabingiz qadar karomatini, fazilatini, lazzatini yegan, shirin mevasidan uzgan nodirdir. Ham bu qadar ojizligim ila barobar, Risola-i Nurga xizmat qilolmaganim holda ko’rsatganingiz tavajjuhga shukr qilishda qarzdorman. Shuni taxmin etamanki Risola-i Nurdan bandangiz emas, hech bir talabangiz u muborak olmosdan va lazzatdan ayrilolmaydi. Avfingizga mag’ruran Risola-i Nurning bu dafagi tintuvlarida ikki karomati aynan sodir bo’ldi. Hapsxona ichida militsiya, jandarma va soqchilar mudhish qidiruv qilarkan, o’sha payt hech kim ko’rmasdan, yetti-sakkiz yoshli singlimning o’g’li, maktab papkasining ichiga Risola-i Nurning nusxalarini qo’yib olib ketgan. Qidiruv bandangiz uyida edi. Bola uyga kelgan, uyda qidiruvni ko’rib, xonaning bir tarafida alohida turgan Risola-i Nurlarni papkasiga qo’ygan va ichkaridagi ma`murlarning hech biri farqiga bormagan, bolaga ham hech narsa demaganlar. Fidokor bola to’g’ri onasiga borgan. «Tog’omning doimo bizga o’qiydigan Risola-i Nurlarni keltirdim. Bularni olmoqchi edilar. Men ularning xabari bo’lmasdan, ular boshqa maktub, kitob bilan ovolaliklarida oldim, papkamga qo’ydim. Bularni yaxshi bir yerga qo’ying, muhofaza eting. Men bularning o’qilishini juda sevaman. Tog’om bizga bularni o’qir edi. U o’qirkan men boshqa bir holat paydo bo’ladi.» deya onasiga aytgan va maktabiga qaytgan. Bu soyada Olmos, Javhar, Nurlar qo’lga o’tmaydi. Bu karomat bo’lmasa nima? Qur`oniy bir mo’`jiza bo’lmasa nima? Ajabo bu fazilat, ajabo bu lazzat, ajabo bu Olmos, Javhar, qaysi ta`lifotda bordirki, bu Olmos, Javhar, Nurlar, hozirga qadar qaysi zotning og’zidan to’kilgandir. Men ham; haps emas, bu Olmos, Javhar, Nurlar uchun har on, har daqiqa, har fidokorlikni mamnuniyatla qabul etaman. Mendan so’ng bu Olmos, Javhar, Nurlar yo’liga bolam Amin ham butun hayotini sarf etishga hozirdir.
(Hoshiya) Joyi diqqatdirki: Risola-i Nur shogirdlarining qamalishlaring bir qismi 25/aprel/1935 yilida boshlangan bo’lib, qarornomada aybli ko’rsatlgan 117 kishi bo’lsa ham, ikkovining ismi takrorlangan bo’lishiga nazaran bu suratla shogirdlarning adadi 117 adadiga u qismning qamalish hukm tarixiga qadar 117 kun bo’lmoq ila tavofuq etib, avvalgi tavofuqotga bir latofat yana qo’shgandir.