Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 5
(1-12)

Birinchisi: Vahdatul vujudning mashrabi, Janobi Haq hisobiga koinotni odatda inkor etmoq ekan, avomga o’tganida, g’ofil avomlarga, xususan moddiyun fikrlari ila qorishgan fikrlarga kirgancha, koinot va moddiylik hisobiga uluhiyatni inkor yo’liga ketadi.

Ikkinchisi: Vahdat-ul vujud mashrabi, masivayi Ilohiyning rububiyatini shu daraja shiddatla rad etarki, masivani inkor va ikkilikni olib tashlaydi. Nufusu ammoraning emas, balki har bir narsaning mustaqil vujudini ko’rmaslik ekan, bu zamonda fikri tabiatning istilosi ila va g’urur va anoniyatining nafsi ammorani shishirishi ila va oxiratni va Xoliqni bir daraja unutmoq jihati ila ba`zi nufusi ammora kichik bir bir fir`avn, odatda nafsini ma`bud qabul etmoq iste`dodida bo’lgan insonlarga vahdat-ul vujudni talqin etmoq, nafsi ammorani «al iyazu billah» shunday shishtiradiki, qo’lga hovuchga sig’mas.

Uchinchisi: tag’ayyur, tabaddul, tajazziy, tahayyuzdan muqaddas, munazzah, mubarro, oliy bo’lgan Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va taqoddus va tanazzuhga muvofiq tushmagan tasavvurotga sababiyat beradi va talqinoti botilaga mador bo’ladi. Darhaqiqat vahdatul vujuddan bahs etgan; fikran sarodan surayyoga chiqib, koinotni orqasida qoldirib nazarini Arshi A`loga tikkan, istig’roki bir suratda koinotni ma`dum sanab hamma narsani to’g’ridan to’g’riga quvvati iymon ila Vohidi Ahaddan ko’ra olar. Bo’lmasa koinotning orqasida turib koinotga boqqan va oldida sababni ko’rgan va farshdan nazar etgan, albatta sabab ichida bo’g’ilib, tabiat botoqligiga tushmoq ehtimoli bor. Fikran Arshga chiqqan, Jaloliddin Rumiy kabi deya olar: «Kulog’ingni och! harkasdan eshitgan so’zlaringni, fitriy fonograflar kabi Janobi Haqdan eshita olarsan.» Bo’lmasa, Jaloliddin kabi bu daraja yuksakka chiqmagan va Farshdan Arshga qadar mavjudodni oyna shaklida ko’rmagan odamga, «Kulog’ingni och! harkasdan Kalomullohni eshitasan» desang, ma`nan Arshdan farshga qulaydigan kabi xilofi haqiqat tasavvuroti botilga giriftor bo’ladi!...

قُلِ اللّهُ ثُمَّ ذَرْهُمْ فِى خَوْضِهِمْ يَلْعَبُونَ ۞

مَا للِتُّرَابِ وَ لِرَبِّ اْلاَرْبَابِ

سُبْحَانَ مَنْ تَقَدَّسَ عَنِ اْلاَشْبَاهِ ذَاتُهُ وَتَنَزَّهَتْ

عَنْ مُشَابَهَةِ اْلاَمْثَالِ صِفَاتُهُ وَشَهِدَ عَلَى رُبُوبِيَّتِهِ آيَاتُهُ

جَلَّ جَلاَلُهُ وَلاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ

Said Nursiy

 

Аудио мавжуд эмас