Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 6
(1-12)

Bir savolga javob

 

Mustafo Sabri ila Muso Bekufning fikrlarini muvozana etmoq uchun vaqtim yetarli emasdir. Yolg’iz bu qadar deymanki: «Birisi ifrot etgan, boshqasi tafrit etyapti.» Mustafo Sabri garchi mudofaanomasida Muso Bekufga nisbatan haqlidir, faqat Muhyiddin kabi Islom ilmlarining bir mo’`jizasi bo’lgan bir zotni kamsitishda haqsizdir. Ha, Muhyiddin o’zi hidoyada va maqbuldir. Faqat har kitobida hidoyatchi va murshid bo’lolmaydi. Haqoiqda ko’p zamon me`zonsiz ketganidan, ahli sunnatning qoidalariga muxolafat etadi. Va ba`zi kalomlari, zohiriy zalolatni ifoda etadi faqat o’zi zalolatdan mubarrodir. Ba`zan kalom kufr ko’rinar, faqat sohibi kofir bo’lolmas. Mustafo Sabri bu nuqtalarni nazarga olmagan. Ahli sunnatning qoidalariga shiddatli bog’lanish jihati ila ba`zi nuqtalarda tafrit etgan. Muso Bekuf esa, ziyoda yangilashishga tarafdor va asrimizga uyg’unlashtirish fikrlari ila juda xato ketyapti. Ba`zi Haqoiqi Islomiyani xato ta`villar ila buzobdi. Abul Alayi Maarri kabi mardud bir odamni, muhaqqiqlardan ustun tutganidan va o’z fikrlariga uyg’un kelgan Muhyiddinning Ahli Sunnatga muxolafat etgan masalalariga ziyoda tarafdorligidan, ziyoda ifrot qiladi.

قَالَ مُحْيِى الدِّينِ : تَحْرُمُ مُطَالَعَةُ كُتُبِنَا عَلَى مَنْ لَيْسَ مِنَّا

ya`ni: «Bizdan bo’lmagan va maqomimizni bilmagan, kitobimizni o’qimasin, zarar ko’radi.» Darhaqiqat bu zamonda Muhyiddinning kitoblari, xususan vahdat-ul vujudga doir masalalarini o’qimoq, zararlidir.

Said Nursiy

 

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

 

Navi basharning yig’laydigan kulishlariga, andishayi istiqbol va oqibatbinlik ko’zoynagiyla, g’oyat tantanali bir kecha bayramida, qamoqxona derazasidan boqarkan, nazari xayolimga inkishof etgan bir vaziyatni bayon etaman. Kinoda, eski zamonda mazoristonda yotganlarning vaziyati hayotiyalari ko’ringani kabi, yaqin bir istiqbolda mazoriston ahli bo’lganlarning, harakatlanayotgan janozalarini ko’rganday bo’ldim. U kulganlarga yig’ladim. Birdan bir vahshat, bir achinish hissi keldi. Aqlimga boqdim, haqiqatdan so’radim: «Bu xayol nimadir?» Haqiqat dediki: «Ellik yildan so’ng, bu kamoli nash`a ila kulgan va o’ynagan zavollilardan, elliktadan beshtasi, beli bukilgan yetmish yoshli qarilar kabi; qirq beshtasi, mazoristonda chirigan bo’ladilar. U go’zal siymolar, u nash`ali kulishlar, zidlariga inqilob etgan bo’ladilar

كُلُّ آتٍ قَرِيبٌ qoidasi ila; modomiki yaqinda bo’ladigan narsalarning bo’lganday ko’rinishi bir daraja haqiqatdir, albatta ko’rganing xayol emasdir. Modomiki dunyoning g’aflatkorona kulishlari, bunday yig’laydigan achchiq hollarning pardasidir va vaqtinchalik va zavolga ma`ruzdir; albatta bechora insonlarning abadparast qalbini va ishqi baqoga maftun bo’lgan ruhini kuldiradigan, sevintiradigan, mashru doirasida va mutashakkirona va, huzurkorona, g’aflatsiz, ma`sumona o’yinlardir va savob jihati ila boqiy qolgan sevinchlardir. Shuning uchundirki, bayramlarda g’aflat istilo etib, g’ayri mashru doiraga kirmaslik uchun, rivoyatlarda zikrullohga va shukrga juda azim tag’ribot bordir. Toki; bayramlarda u sevinch va surur ne`matlarini shukrga aylantirib, u ne`matni davom ettirsin va ziyodalashtirsin. Chunki shukr, ne`matni ziyodalashtiradi, g’aflatni qochiradi.

 

Said Nursiy

Аудио мавжуд эмас