Lemalar lot | Yigirma Sakkizinchi Lam`a | 11
(1-12)

Mana shu ikki tamsil kabi, samovot mamlakati, poytaxt va markaz e`tibori ila g’oyat uzoq bo’lgani holda, Arz mamlakatida insonlarning qalblariga uzangan ma`naviy telefonlari bo’lgani kabi, samovot olami, yolg’iz olami jismoniyga boqmaydi; balki olami arvohni va olami malakutni ichiga olganidan, bir jihatda parda ostida olami shahodatni ihota etgandir. Ham olami boqiydan va dori baqodan bo’lgan Jannat ham, hadsiz uzoqligi bilan barobar, yana u doirayi tasarrufotni, pardayi shahodat ostida, har tarafda nuroniy bir suratda uzangan, yoyilgan. Sonii Hakimi Zuljalolning hikmati ila, qudrati ila, qandayki insonning boshida o’rnatgan tuyg’ularining markazlari boshqa-boshqa bo’lgani holda, har biri umum u vujudga, u jismga hukm etadi va doirayi tasarrufiga olib biladi. Xuddi shuning kabi; bu insoni Akbar bo’lgan koinot ham, mutadohil va bir-biri ichida bo’lgan doiralar kabi, minglab olamlarni ichiga oladi. Ularda jarayon etgan ahvolning va hodisalarning kulliyati va juz`iyati va xususiyati va azamati jihati ila madori nazar bo’ladi, ya`ni u juzlar, juziy va yaqin yerlarda va kulliy va azamatlilar kulliy va buyuk maqomlarda ko’riladi. Faqat ba`zan juz`iy va xususiy bir hodisa, buyuk bir olamni istilo etadi. Qaysi burchakda tinglanilsa, u hodisa eshitiladi. Va ba`zan ham buyuk to’plantirilishlar, dushmanning quvvatiga qarshi emas, balki izhori hashmat uchun qilinadi. Masalan: Hodisayi Muhammadiya (S.A.V.) va vahiyi Qur`onning hodisayi qudsiyasi, umum samovot mamlakatida, hatto u mamlakatning har burchagida eng muhim bir hodisa bo’lganidan, to’g’ridan-to’g’riga juda uzoq va juda yuksak bo’lgan katta samovotning burjlarida navbatdorlar tizilib, yulduzlardan parchalarni otib, josus shaytonlarni quvib va daf etadilar vaziyatida ko’rsatmoq va ifoda etmoqla, vahiyi Qur`onning darajayi hashmatini va sha`shaai saltanatini va hech bir jihatda shubha kirmagan darajayi haqqoniyatini e`longa bir ishorati Rabboniya bo’lib, u vaqtda va u asrda yanada ko’proq yulduzlar tushurilar ekan va otilar ekan. Qur`oni Mu`jizul Bayon ham, u borliqqa e`lonni tarjima etib e`lon etadi va u ishorati samoviyaga ishorat etadi. Ha, bir malakning uflashi bilan uchirib bo’ladigan josus shaytonlarni, bunday bir ishorati azimayi samoviya ila, malaklar ila qarshi ettirmoq, albatta u vahiyi Qur`onning hashmati saltanatini ko’rsatmoq uchundir. Ham bu hashmatli bo’lgan bayoni Qur`oniy va azamatli samoviy to’plantirilish esa; jinlarning, shaytonlarning, samovot ahliga qarshi chiqishga va ularni himoyalanishga majbur etishga bir iqtidorlari, bir mudofaalari bo’lganini ifoda uchun emas, balki qalbi Muhammadiydan (S.A.V.) to samovot olamiga, to Arshi A`zamga qadar bo’lgan uzun yo’lda, hech bir yerda jin va shaytonning suqulishlari bo’lmaganiga ishorat uchun, vahyi Qur`oniy, katta samovotda, umum maloikacha madori bahs bo’lgan bir haqiqatdirki, bir daraja unga ta`sir etmoq uchun, shaytonlar to samovotga qadar chiqishga majbur bo’lib, hech bir narsaga muvaffaq bo’lmasdan toshbo’ronlanishlari ishorat etadiki; qalbi Muhammadiyga (S.A.V.) kelgan vahiy va huzuri Muhammadiyaga (S.A.V.) kelgan Jabroil va nazari Muhammadiyga (S.A.V.) ko’ringan haqoiqi g’aybiya, sog’lom va mustaqimdir, hech bir jihatla shubha kirmas deya Qur`oni Mo’`jizul Bayon mo’`jizona xabar beradi.

Аудио мавжуд эмас