Lemalar lot | Yettinchi Lam`a | 5
(1-9)

Mana oxiri Fathning mazkur uch oyati, o’n vujuhi i`jozidan yolg’iz ixbori g’ayb vajhining ko’p vujuhlaridan yolg’iz yetti vajhini bahs ettik. Juz`i ixtiyoriy va qadarga oid Yigirma Oltinchi So’zning oxirida, shu oxirgi oyatning harflarining vaziyatidagi muhim bir lam`ayi i`jozga ishorat etilgandir. Bu oxirgi oyat, jumlalari ila Sahobalarga qaragani kabi, parchalari ila ham yana sahobalarning ahvoliga boqadi. Va lafziyla, Sahobalarning vafslarini ifoda etganlari kabi, harflari ila va u oyatdagi harflarning takrorlanish adadi ila yana Ashobi Badr, Uhud, Xunayn, Suffa, Rizvon kabi tabaqayi mashhurayi Sahobada bo’lgan zotlarga ishorat etganlari kabi, ilmi jifrning bir navi va bir kaliti bo’lgan tavofuq jihati ila va abjad hisobi ila yanada ko’proq sirlarni ifoda etadi.

 

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Surayi Fathning oxiridagi oyatning ma`noyi ishoriysi ila bergan ixbori g’aybiy munosabati ila; keladigan oyatlarda ayni xabar, ayni ma`noyi ishoriy ila bergan munosabat ila bir oz undan bahs etiladi.

 

 

Аудио мавжуд эмас