Lemalar lot | Yettinchi Lam`a | 4
(1-9)

Ikkinchi jihat ixbori g’aybiy shudirki: مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرَيةِ parchasiyla xabar beradiki: «Sahobalar va Tobeinlar, ibodatda shunday bir darajaga keladilarki, ruhlaridagi nuroniyat, yuzlarida porlaydi va siymolarida kasrati sajdadan hosil bo’lgan bir muhri viloyat navida peshonalarida muhrlar ko’rinadi.» Darhaqiqat istiqbol buni aniqlik ila qat`iyat ila va porloq bir suratda isbot etgan. Darhaqiqat shu qadar ajib fitnalar va dag’dag’ayi siyosat ichida kecha va kunduzda Zaynalobidin kabi ming rakat namoz qilgan va Tousi Yamaniy kabir, qirq yil xufton tahorati ila bomdod namozini ado etgan ko’p muhim ko’plab zotlar, مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرَيةِ sirrini ko’rsatganlar.

Yettinchisi:

وَ مَثَلُهُمْ فِى اْلاِنْجِيلِ كَزَرْعٍ اَخْرَجَ شَطْاَهُ فَآزَرَهُ فَاسْتَغْلَظَ فَاسْتَوَى

عَلَى سُوقِهِ يُعْجِبُ الزُّرَّاعَ ِيَغِيظَ بِهِمُ الْكُفَّارَ

parchasi, ikki jihatla ixbori g’aybiydir.

Birinchisi: Nabiyyi Ummiyga nisbatan g’ayb hukmida bo’lgan, Injilning Sahobalar haqidagi ixborini xabar berishidir. Darhaqiqat Injilda, oxirzamonda keladigan Payg’ambarning (S.A.V.) vasfida

 مَعَهُ قَضِيبٌ مِنْ حَدِيدٍ وَاُمَّتُهُ كَذلِكَ kabi oyatlar bor. Ya`ni: Hazrati Iso(A.S.) kabi qilichsiz emas, balki sohibi sayf bir payg’ambar keladi, jahonda ma`mur bo’ladi va uning sarobalari ham, qilichli va jihodga ma`mur bo’ladilar. U sohibi sayf, raisi olam bo’ladi. Chunki Injilning bir yerida deydi: «Men ketyapman, toki olamning raisi kelsin.» Ya`ni: Olamning raisi kelmoqda. Demakki; Injilning bu ikki parchasidan tushinilyaptiki: Sahobalar, garchi boshida oz va zaif ko’rinadilar. Faqat chekirdaklar kabi nashvu namo topib yuksalib qalinlashib quvvatlashib, kofirlarning g’ayzlari ularga yopirilib bo’g’adigan paytda, qilichlari bilan navi basharni o’zlariga musahhar etib, raislari bo’lgan Payg’ambarning (S.A.V.) esa, olamga rais bo’lganini isbot etadilar. Aynan shu Surayi Fathning oyatining maolini ifoda etadi.

Ikkinchi vajh: Shu parcha xabar beradiki: Sahobalar garchi ozligidan va zaifligidan Sulhi Xudaybiyani qabul etganlar; albatta, har holda oz bir zamondan so’ng sur`atan shunday bir inkishof va tantana va quvvat kasb etadilarki, ro’yi zamin ekinzorida dasti qudratla ekilgan navi basharning u zamonda g’aflatlari jihati ila qisqa, quvvatsiz, noqis, barokotsiz sunbullariga nisbatan g’oyat yuksak va quvvatli va mevador va barakotli bir suratda ko’payadilar va quvvat topadilar va hashmatli hukumatlarni g’iptadan, hasaddan va qisqanchlikdan kelgan bir g’ayz ichida qoldiradilar. Darhaqiqat istiqbol, bu ixbori g’aybiyni juda porloq bir suratda ko’rsatgandir. Shu xabarda yashirin bir imo ham borki: Sahobani tavsifoti muhim ila sano etarkan, eng katta bir mukofotning va`dasi, maqomcha lozim kelgani holda, مَغْفِرَةً kalimasi ila ishorat etadiki: Istiqbolda sahobalar ichida fitnalar vositasi ila muhim qusurlar bo’ladi. Chunki mag’firat, qusurning bo’lishiga dalolat etadi. Va u zamonda Sahobalar nazarida eng muhim matlub va eng yuksak ehson, «mag’firat» bo’ladi va eng katta mukofot esa; avf ila, jazo bermaslikdir. مَغْفِرَةً kalimasi, qanday bu latif imoni ko’rsatadi. Xuddi shuning kabi Suraning boshidagi

 لِيَغْفِرَلَكَ اللّهُ مَا تَقَدَّمَ مِنْ ذَنْبِكَ وَمَا تَاَخَّرَ jumlasi ila munosabatdordir. Suraning boshi, haqiqiy gunohlardan mag’firat emas; chunki ma`sumlik bor, gunoh yo’q. Balki maqomi nubuvvatga loyiq ma`no ila Payg’ambarga mujdayi mag’firat va oxirida Sahobalarga mag’firat ila xushxabar etmoqla, u imoga bir latofat yana qo’shadi.

Аудио мавжуд эмас