Lemalar lot | Yettinchi Lam`a | 7
(1-9)

Alhosil: Surayi Fathning oxirgi oyati to’rt xalifaga boqqani kabi, bu oyat ham quvvatlantirib, ixbori g’ayb navidan ularning istiqboldagi vaziyatlariga qisman ishorat suratiyla boqar. Mana Qur`onning nav`i i`jozidan bo’lgan ixbori g’ayb navining nuri i`joziyasi oyati Qur`oniyada shu qadar ko’pdirki, hisob etilmas. Ahli zohirning qirq-ellik oyatga cheklashlari, nazari zohiriy iladir. Haqiqatda esa mingdan o’tadi. Ba`zan bir oyatda 4-5 vajhla ixbori g’aybiy bo’ladi.

رَبَّنَا لاَ تُؤَاخِذْنَا اِنْ نَسِينَا اَوْ اَخْطَاْنَا

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

Bu Tatimmaga ikkinchi bir izoh*

Shu oxiri Fathning ishorati g’aybiysini quvatlantirgan, ham Fotihayi Sharifdagi siroti mustaqim ahli va صِرَاطَ الَّذِينَ اَنْعَمْتَ عَلَيْهِمْ oyatidagi murod kimlar bo’lganini bayon etgan, ham abadul abadning juda uzun yo’lida eng nuroniy, unsiyatli, kasratli, jozibador bir do’stlar qofilasini ko’rsatgan va ahli iymon va ashobi idroki shiddatla u qofilaga tobelik nuqtasida ergashish va barobar bo’lishga mo’`jizona yo’naltirgan shu oyat

فَاُولئِكَ مَعَ الَّذِينَ اَنْعَمَ اللّهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيِّينَ وَ الصِّدِّيقِينَ

وَ الشُّهَدَاءِ وَ الصَّالِحِينَ وَ حَسُنَ اُولئِكَ رَفِيقًا

yana oxiri Fathning oxirgi oyati kabi Ilmi Bolog’atda «maariz- il kalom» va «mustetbeat-ut terakib» ta`bir etilgan ma`noyi maqsuddan boshqa ishoriy va ramziy ma`nolarla to’rt xalifaga va beshinchi xalifa bo’lgan Hazrati Hasanga (R.A.) ishorat etadi. G’aybiy xolatlardan bir necha jihatda xabar beradi. Shundayki:

Qandayki shu oyat, ma`noyi sarihiy ila navi basharda ne`mati oliyayi Ilohiyaga mazhar bo’lgan ahli siroti mustaqim bo’lgan qofilayi anbiyo va toifayi siddiqiyn va shahidlar jamoati va nav`i solihiyn va sinfi tobeiyn, «muhsinin» bo’lganini ifoda etgani kabi, olami Islomda ham u toifalarning eng akmali va eng afzali bo’lganini va Nabiyyi Oxirzamonning sirri varosati nubuvvatdan silsila etgan toifayi vorisi anbiyo va Siddiqi Akbarning ma`dani siddiqiyatidan silsila etgan qofilayi Siddiqiyn va uch halifaning shahodat martabasiyla aloqador bo’lgan shahidlar qofilasi,

وَ الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ sirri ila bog’langan jamoati solihiyn va

 اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللّهُ sirriga uyg’un kelgan va Sahobalarning va Xalifayi Roshidin bilan birgalikda ketgan sinfi tobeiynni ixbori g’aybi navidan ko’rsatgani kabi, وَالصِّدِّيقِينَ kalimasi ila ma`noyi ishori jihatida Rasuli Akram Alayrissalotu Vassalamdan so’ng maqomiga o’tadigan va xalifasi bo’ladigan va ummatcha «Siddiq» unvoni ila shuhrat topadigan va siddiqiyn qofilasining raisi bo’ladigan Hazrati Abu Bakris Siddiqni xabar beradi. وَالشُّهَدَاءِ kalimasi ila Xalifayi Roshidindan uchovining shahidligini xabar beradi va Siddiqdan so’ng uch sharid, xalifa bo’ladilar. Chunki «shuhada» jamdir. Jamning kami uchdir. Demak Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali (Raziyallohu Anhum) Siddiqdan so’ngra riyosati Islomiyatga o’tadilar va shahid bo’ladilar. Ayni xabari g’aybiy sodir bo’lgan. Ham وَالصَّالِحِينَ fikriyla ahli Suffa kabi toat va ibodatda Tavrotning sanosiga mazhar bo’lgan ahli salohat va taqvo va ibodat, istiqbolda kasratla bo’lishini xabar berish bilan barobar,

 وَ حَسُنَ اُولئِكَ رَفِيقًا jumlasi, Sahobalarga ilm va amalda birgalikda bo’lgan va tobe`lik etgan Tobeinlarning tobe`ligini tahsin etmoqla, abad yo’lida u to’rt qofilaning ergashishlarini chiroyli va go’zal ko’rsatmoqla barobar, Hazrati Hasanning (R.A.) bir necha oy kabi qisqacha muddati xalifaligi, garchi oz edi. Faqat

اِنَّ الْخِلاَفَةَ بَعْدِى ثَلاَثُونَ سَنَةً hukmi ila va u ixbori g’aybiyayi Nabaviyaning tasdiqi ila va  اِنَّ ابْنِى حَسَنٌ هذَا سَيِّدٌ سَيُصْلِحُ اللّهُ بِهِ بَيْنَ فِئَتَيْنِ عَظِيمَتَيْنِ

hadisidagi mo’`jizona ixbori g’aybiyi Nabaviyani tasdiq etgan; va ikki buyuk qo’shin, ikki jamoati azimayi Islomiyaning sulxini ta`min etgan va nizoni o’rtalaridan ko’targan Hazrati Hasanning (R.A.) qisqacha muddati xalifaligini ahamiyatli ko’rsatib, to’rt xalifaga bir beshinchi xalifa ko’rsatmoq uchun, ixbori g’aybiy navidan ma`noyi ishoriysila va

 وَ حَسُنَ اُولئِكَ رَفِيقًا kalimasida beshinchi xalifaning ismiga ilmi Balog’atda «mustetbeat-ut terakib» ta`bir etilgan bir sir ila ishorat etadi.



* Qardoshlarim har ikkisini foydali topganlaridan, ikki izohni barobar qayd etmishlar; bo’lmasa biri yetarli edi.

Аудио мавжуд эмас