Lemalar lot | Yettinchi Lam`a | 6
(1-9)

Bir Tatimma

 

Bu oyatning bayonida minglab nuqtalardan «Ikki nuqta»ga ishorat etamiz.

Birinchi nuqta: Qur`oni Mo’`jizul Bayon ma`nolariga ko’ra, ma`noyi sarihiyla ifodayi haqoiq etgani kabi; uslublari bilan, hay`atiyla ko’p ma`noyi ishoriyani ham ifoda etadi. Har bir oyatning ko’p tabaqayi ma`nolari bor. Qur`on, ilmi muhitdan kelgani uchun, butun ma`nolari murod bo’lishi mumkin. Insonning juz`iy fikri va shaxsiy irodasi ila bo’lgan kalomlar kabi bir ikki ma`noga maxsus etmas.

Mana bu sirga binoan oyati Qur`oniyaning ahli tafsir tarafidan hadsiz haqoiqi bayon etilgan. Mufassirining bayon etmagan yana ko’p haqoiqi bor. Va bilxossa harflarida va ma`noyi sarihidan boshqa, ishorotida ko’p muhim ilmlar bordir.

Ikkinchi nuqta: Mana bu oyati karima

مِنَ النَّبِيِّينَ وَ الصِّدِّيقِينَ وَ الشُّهَدَاءِ وَ الصَّالِحِينَ وَ حَسُنَ اُولئِكَ رَفِيقًا

ta`biri ila, siroti mustaqiymning ahli va haqiqiy ne`mati Ilohiyaga mazhar navi bashardagi toifayi Anbiyo va qofila-i Siddiqiyn va shahidlar jamoati va solihlar sinfi va nav`i tobeinning bo’lganliklarini ifoda etmoqla barobar, olami Islomiyatda u besh qismning eng mukammalini yana ayricha sarohatan ko’rsatgandan so’ng u besh qismning imomlari va boshdagi raislarining sifati mashhurlari ila zikr etmoqla ularga dalolat etib ifoda etgani kabi, ixbori g’ayb navidan bir lam`ayi i`joz ila u toifalarning istiqboldagi raislarining vaziyatlarini bir vajhla ta`yin etadi. Darhaqiqat  مِنَ النَّبِيِّينَ qandayki sarohatla Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamga boqadi. وَ الصِّدِّيقِينَ parchasiyla Abu Bakri Siddiqqa boqadi. Ham Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamdan so’ng ikkinchi bo’lganiga va eng avval o’rniga o’tishiga va «Siddiq» ismi, ummatcha unga unvoni maxsus va siddiqiynlarning boshida ko’rinishiga ishorat etgani kabi, وَ الشُّهَدَاءِ kalimasi ila Hazrati Umar, Hazrati Usmon, Hazrati Ali Rizvanullohu Alayhim Ajma`ini uchovini barobar ifoda etadi. Ham uchovi Siddiqdan so’ng nubuvvatning xalifaligiga mazhar bo’lishlarini va  uchovi ham shahid bo’lishlarini, fazilati shahodatlari ham boshqa fazilatlariga ilova etilishini ishorat va g’aybiy bir suratda ifoda etadi. وَ الصَّالِحِينَ kalimasi ila Ashobi Suffa, Badr, Rizvon kabi mumtoz zotlarga ishorat etib حَسُنَ اُولئِكَ رَفِيقًا jumlasi ila ma`noyi sarihiyla ularga ittiboiga tashviq va Tobeiynlardagi tobe`ligini juda musharraf va go’zal ko’rsatmoqla, ma`noyi ishoriysila to’rt xalifaning beshinchisi bo’lib va

اِنَّ الْخِلاَفَةَ بَعْدِى ثَلاَثُونَ سَنَةً hadisi sharifning hukmini tasdiq ettirgan xalifaligi muddati ozligi bilan barobar qiymatini azim ko’rsatmoq uchun u ma`noyi ishoriysila Hazrati Hasan Roziallohu Anhuni ko’rsatadi.

Аудио мавжуд эмас