Lemalar lot | Yettinchi Lam`a | 3
(1-9)

Beshinchisi:

مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللّهِ وَالَّذِينَ مَعَهُ اَشِدَّاءُ عَلَى الْكُفَّارِ رُحَمَاءُ بَيْنَهُمْ  تَرَيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا

ila oxir… Shu oyatning boshi, Sahobalarning Anbiyolardan so’ng navi bashar ichida eng mumtoz bo’lganliklariga sabab bo’lgan oliy sajiyasi va g’oliy maziyasi xabar berish bilan, ma`noyi sarixiy ila; tabaqayi Sahobaning istiqbolda vasflangani boshqa boshqa mumtoz xos sifatlarini ifoda etish bilan barobar, ma`noyi ishorisi ila; ahli tahqiqcha vafoti Nabaviydan so’ng maqomiga o’tadigan To’rt Xalifalarning xalifalik tartibi ila ishorat etib har birisining eng mashhur madori imtiyozlari bo’lgan sifati xossini ham xabar beradi. Shundayki وَالَّذِينَ مَعَهُ maxsus yaqinlikga va suhbati xos ila va eng avval vafot etib yana yaqinlikka kirish bilan mashhur va mumtoz bo’lgan Hazrati Siddiqni ko’rsatgani kabi,  ََشِدَّاءُ عَلَى الْكُفَّارِ ila istiqbolda Kurrayi arzning davlatlarini futuhoti bilan titratadigan va adolati bilan zolimlarga qilich kabi shiddat ko’rsatadigan Hazrati Umarni ko’rsatadi. Va رُحَمَاءُ بَيْنَهُمْ ila istiqbolda eng muhim bir fitnaning bo’lishi hozirlanirkan kamoli marhamat va shafqatidan musulmonlar ichida qon to’kilmasligi uchun ruhini fido etib taslimi nafs etib Qur`on o’qirkan mazluman shahid bo’lishini tanlagan Hazrati Usmonni ham xabar bergani kabi,

تَرَيهُمْ رُكَّعًا سُجَّدًا يَبْتَغُونَ فَضْلاً مِنَ اللّهِ وَ رِضْوَانًا saltanat va xalifalikka kamoli layoqat va qahramonlikla kirgani holda va kamoli zuhd va ibodat va faqr va iqtisodni ixtiyor etgan va ruku` va sajdada davomi va kasrati harkascha sodiq bo’lgan Hazrati Alining (R.A.) istiqboldagi vaziyatini va u fitnalar ichidagi urushlari ila mas`ul bo’lmaganini va niyati va matlubi fazli Ilohiy bo’lganini xabar beradi.

Oltinchisi:  ذلِكَ مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرَيةِ parchasi, ikki jihat ila ixbori g’aybiydir.

Birinchisi: Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam kabi ummi bir zotga nisbatan g’ayb hukmida bo’lgan Tavrotdagi vasfi Sahobalarni xabar beradi. Darhaqiqat Tavrotda – O’n To’qqizinchi Maktubda bayon etilgani kabi –oxirzamonda keladigan Payg’ambarning Sahobalari haqida Tavrotda bu parcha bor: «Qudsiylarning bayroqlari barobarlarindadir.» Ya`ni Uning Sahobalari ahli toat va ibodat va ahli salohat va valoyatdirlarki, u vafslarni «qudsiylar» ya`ni «muqaddas» ta`biri bilan ifoda etgandir. Tavrotning juda ko’p boshqa -boshqa lisonlarla tarjima etilishi vositasi ila shu qadar tahrifot bo’lgani holda, shu surayi fathning  مَثَلُهُمْ فِى التَّوْرَيةِ hukmini ko’plab oyatlari bilan tasdiq etadi.

Аудио мавжуд эмас