Lemalar lot | O’n Ikkinchi Lam`a | 6
(1-8)

To’rtinchisi: O’n Sakkizinchi Maktubda tabaqayi Arzning ajiybligiga doir ahli kashfning idroki aql xorijida bayon etganlari tasvirotga doir bir tamsil zikr etilgandir. Xulosasi shudirki: Kurrayi Arz, olami shahodatda bir chekirdakdir; olami misoliya va barzohiyada bir katta daraxt kabi, samovotga yelkani yelkaga tutadigan bir azamatdadir. Ahli kashfning Kurrayi Arzda ifritlarga maxsus tabaqasini ming yillik bir masofa ko’rishlari, olami shahodatga oid Kurrayi Arzning chekirdagida emas, balki olami misoldagi shoxlarining va tabaqalarining ko’rinishidadir. Modomiki Kurrayi Arzning zohiran ahamiyatsiz bir tabaqasining bunday boshqa bir olamda azamatli ko’rinishlari bor; albatta yetti qavat samovotga muqobil yetti qavat deyilabilir va mazkur nuqtalarni xotirlash uchun i`joz ila i`jozkorona bir tarzda oyati Qur`oniya, samovotning yetti tabaqasiga qarshi bu kichkina yerni muqobil ko’rsatmoqla ishora etadi.

Ikkinchi Muhim Masaladir:

تُسَبِّحُ لَهُ السَّموَاتُ السَّبْعُ وَاْلاَرْضُ وَمَنْ فِيهِنَّ ila oxir

 ثُمَّ اسْتَوَى اِلَى السَّمَاءِ فَسَوَّيهُنَّ سَبْعَ سَموَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

Shu oyati karima kabi ko’plab oyatlar, samovotni yetti samo tarzida bayon etadi. Ishorat-ul I`joz tafsirida Birinchi Jahon Urushining birinchi yilida jang maydonida qisqartirish majburiyati ila g’oyat mujmal bayon etganimiz u masalaning yolg’iz bir xulosasini yozmoq munosibdir. Shundayki:

Eski hikmat, samovotni to’qqiz tasavvur etib, lisoni shar`iyda, Arsh va Kursiyni yetti samovot ila barobar qabul etib ajib bir suratla samovotni tasvir etgan edilar. U eski hikmatning ham olimlarining tantanali ifodalari, navi basharni ko’p asrlar muddaticha tahakkumlari ostida tutganlar. Hatto ko’p ahli tafsir, oyatning zohirlarini ularning mazhabiga ko’ra uyg’un etishga majbur bo’lganlar. U suratla Qur`oni Hakimning i`joziga bir daraja parda tortilgan edi. Va yangi hikmat nomi berilgan yangi falsafa esa, eski falsafaning o’tishu-hatlash va ayrilishu yangilanish qabul bo’lmagan samovot haqidagi ifrotiga muqobil tafrit etib, samovotning vujudini odatda inkor etadilar. Avvalgilar ifrot, keyingilar tafrit etib haqiqatni tamomi ila ko’rsatolmaganlar. Qur`oni Hakimning hikmati qudsiyasi esa, u ifrot va tafritni qo’yib haddi vasatni ixtiyor etib derki: Sonii Zuljalol, yetti qavat samovotni xalq etgandir. Harakat etgan yulduzlar esa, baliqlar kabi samo ichida kezadilar va tasbeh etadilar. Hadisda

اَلسَّمَاءُ مَوْجٌ مَكْفُوفٌ deyilgan. Ya`ni: «Samo, sokin bir dengizdir.»

Mana bu haqiqati Qur`oniyani yetti qoida va yetti vajh ma`no ila g’oyat muxtasar bir suratda isbotlaymiz.

Аудио мавжуд эмас