Lemalar lot | O’n Ikkinchi Lam`a | 8
(1-8)

Oltinchisi: Shu mazkur misollar, xulosatin samovotning ham vujudiga, ham faqliligiga dalolat etadilar. Modomiki qat`iyan samovot farqlidir va Muhbiri Sodiq, Qur`oni Mo’`jizul Bayonning lisoni ila yettita der, albatta yettitadir.

Yettinchisi: Yetti, yetmish, yetti yuz kabi ta`birot, uslubi Arabiyda ko’plikni ifoda etgani uchun, u kulliy yetti tabaqa ko’p kasratli tabaqalari xulosa bo’la oladi.

Alhosil: Qodiri Zuljalol, efir moddasidan yetti qavat samovotni xalq etib martabalab, g’oyat nozik va ajib bir nizom ila bezagan va yulduzlarni ichida sochib ekgandir. Modomiki Qur`oni Mo’`jizul Bayon, umum insu jinning umum tabaqalariga qarshi gapirgan bir xutbayi azaliyadir. Albatta navi basharning har bir tabaqasi, har bir oyati Qur`oniyadan hissasini oladi va oyati Qur`oniya, har tabaqaning fahmini qondiradigan suratda boshqa-boshqa va xilma-xil ma`nolari yashirin va ishoratan topiladi. Darhaqiqat, xitoboti Qur`oniyaning qamrovi va ma`nolari va ishoratidagi kengligi va eng omiy bir odamdan eng xos bir olimga qadar darajayi fahmlarini xisoblab va uyg’un etishi ko’rsatadiki; har bir oyatning har bir tabaqaga bir vajhi bor, boqadi.

Mana bu sirga binoan, «yetti samovot» ma`noyi kulliyasida yetti tabaqayi bashariya, muxtalif yetti qavat ma`noni fahm etganlar. Shundayki: فَسَوَّيهُنَّ سَبْعَ سَموَاتٍ oyatida,

qisqa nazarli va tor fikrli bir tabaqayi insoniya, havo qobig’i tabaqasini fahm etadi.

Va astronomiya ila sarsamlashgan boshqa bir tabaqayi insoniya ham, xalq tilida yetti sayyora ila mashhur yulduzlarni va madorlarini fahm etadi.

Yana bir qism insonlar kurramizga o’xshaydigan zavil-hayotning maskani bo’lgan samoviy yetti boshqa sayoralarni fahm etadi.

Boshqa bir toifayi bashariya, Quyosh Sistemasining yetti tabaqaga ayrilishini, ham Quyosh Sistemasimizla barobar yetti quyoshli sitemalarni fahm etadi.

Yana boshqa bir toifayi bashariya, moddayi efirning tashkiloti yetti tabaqaga ayrilishini fahm etadi.

Yanada kengroq fikrli tabaqayi bashariya, yulduzlarla bezalgan, butun ko’ringan ko’klarni bir samo deb, uni bu dunyoning samosidir deb, bundan boshqa olti tabaqayi samovot bo’lganini fahm etadi.

Va navi basharning yettinchi tabaqasi va eng yuksak toifasi esa; samovoti sab`ani, olami shahodatga maxsus ko’rmaydi. Balki olami uxroviya va g’aybiya va dunyoviya va misoliyaning biror-biror muhit po’stlog’i  va ihotali bir-bir qobig’i bo’lgan etti samovotning bor bo’lganini farm etadi.

Vahokazo bu oyatning kulliyatida mazkur yetti qavat tabaqaning yetti qavat ma`nolari kabi yana ko’p juz`iy ma`nolari bordir. Harkas fahmiga ko’ra hissasini oladi va u dasturxoni samoviyadan harkas rizqini topadi.

Modomiki u oyatning bunday juda ko’p sodiq namunalari bor. Hozir aqlsiz faylasuflarning va telba Astronomlarining, inkori samovot bahonasi ila bunday oyatga hujum etishi, yaramas axmoq bolalarning samovotdagi yulduzlarga bir yulduzni tushirmoq niyati ila tosh otishiga o’xshaydi. Chunki oyatning ma`noyi kulliysidan birgina namunasi sodiq bo’lsa, u kulliy ma`no sodiq va haq bo’ladi. Hatto voqe`da bo’lmagan, faqat umumning lisonida bahsi bo’lgan bir fardi, umumning fikrlarini ko’zlash uchun u kulliyda dohil bo’lishi mumkin. Holbuki, haq va haqiqiy ko’p fardlarini ko’rdik. Va hozir bu insofsiz va haqsiz Jo’g’rofiyaga va sarsam va sarmast va sarxush Astronomiyaga boq! Qanday bu ikki fan xato etib, haq va haqiqat va sodiq bo’lgan kulliy ma`nodan ko’zlarini yumib va ko’p sodiq bo’lgan namunalarni ko’rmasdan; xayoliy bir ajib fardni, ma`noyi oyat tavahhum etib oyatga tosh otdilar; o’z boshlarini yordilar, iymonlarini uchirdilar.

Alhosil: Qiroati sab`a, vujuhu sab`a va mo’`jizoti sab`a va haqoiqi sab`a va arkoni sab`a ustida nozil bo’lgan Qur`on samosining u yettitadan tabaqalariga, jin va shaytonning hukmidagi e`tiqodsiz moddiy fikrlar chiqolmaganlaridan oyatning yulduzlarida nima bor, nima yo’q bilmasdan yolg’on va xato xabarlar beradilar. Va ularning boshlariga u oyatning yulduzlaridan mazkur tahqiqot kabi uchqunlari tushadilar va ularni yiqitadilar. Ha, jin fikrli faylasuflarning falsafasi ila u samovoti Qur`oniyaga chiqilmas. Balki oyatning yulduzlariga, hikmati haqiqiyaning me`roji ila va iymon va Islomiyatning qanotlari ila chiqish mumkin.

 

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى شَمْسِ سَمَاءِ الرِّسَالَةِ وَ قَمَرِ فَلَكِ النُّبُوَّةِ

وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ نُجُومِ الْهُدَى لِمَنِ اهْتَدَى

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

اَللّهُمَّ يَا رَبَّ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ زَيِّنْ قُلُوبَ كَاتِبِ هذِهِ الرِّسَالَةِ

وَ رُفَقَائِهِ بِنُجُومِ حَقَائِقِ الْقُرْآنِ وَ اْلاِيمَانِ آمِينَ

Аудио мавжуд эмас