Birinchi qoida: Fannan va hikmatan sobitdirki: Bu haddi yo’q fazoyi olam, nihoyatsiz bir bo’shliq emas, balki «efir» deyilgan moda bilan to’ladir.
Ikkinchisi: Fannan va aqlan, balki mushohadatan sobitdirki: samo jismlarining tortilish va itarish kabi qonunlarining aloqasi va ziyo va harorat va elektr kabi moddalardagi quvvatlarning yoyilishi va tarqalishi uchun u fazoni to’ldirgan bir modda mavjuddir.
Uchinchisi: Efir moddasi, efir bo’lib qolish bilan barobar, boshqa moddalar kabi turli shakllanishga va boshqa-boshqa suratlarda bo’lishi tajribalardan aniqlangan. Ha, qandayki bug’, suv, muz kabi gaz, suyuq, qattiq uch navi jism, ayni moddadan bo’ladi. Xuddi shuning kabi: Efir moddasidan ham yetti navi tabaqa bo’lishiga hech bir mone`yi aql bo’lmagani kabi, hech bir e`tirozga mador bo’lmaydi.
To’rtinchisi: Samo jismlariga diqqat etilsa ko’rinadiki: U ulviy olamlarning tabaqalarida farqlanish bor. Masalan: Nahr-us Samo va Kahkashon nomi ila tanilgan, Turkcha «Samonyo’li» ta`bir etilgan bulut shaklidagi doirayi azima bo’lgan tabaqasi, albatta sobit yulduzlarning tabaqasiga o’xshamaydi. Go’yo tabaqayi sobit yulduzlari, yoz mevalari kabi yetilgan, pishgan. Va u Kahkashondagi bulut shaklida ko’ringan hadsiz yulduzlar esa, yangidan yangi chiqib yetilishni boshlaganlar. Sobit Tabaqa ham, sodiq bir ma`lumot ila Quyosh sisemasining tabaqasiga farqliligi ko’rinadi. Va hokazo yetti doira va yetti tabaqa, bir-biriga farqli bo’lishi, his va ma`lumot ila bilindi.
Beshinchisi: Holan va hissan va qanoatan va tajriba ila sobit bo’lganki: bir moddada o’zgarish va tashkil bo’lsa va u moddadan boshqa san`at yaratilirsa, albatta turli tabaqa va shakllarga bo’linadi. Masalan: Olmos konida shakllanishi boshlagan vaqt, u moddadan ham remad ya`ni ham kul, ham ko’mir, ham olmos navilari tavallud etadi. Ham masalan: Olov shakllanishni boshlagan payt; ham olov, ham tuman, ham qo’r tabaqalariga ayriladi. Ham masalan: Kislorod Vodorod ila biriktirildigi vaqt, u birikishdan ham suv, ham muz, ham bug’ kabi tabaqalar tashkil bo’ladi. Demak tushuniladiki bir moddayi vohidda shakllanish bo’lsa, tabaqalarga ayriladi. Unday bo’lsa: Moddayi efirda Qudrati Fotira tashkilotni boshlagani uchun, albatta boshqa boshqa tabaqa bo’lib
فَسَوَّيهُنَّ سَبْعَ سَموَاتٍ siri ila yetti navi samovotni undan xalq etgandir.