Lemalar lot | Uchinchi Lam`a | 3
(1-5)

Uchinchi nuqta: Shu dunyoda zamonning, fano va zavoli ashyodagi ta`siroti g’oyat xilma-xildir. Va mavjudod esa mutadohil doiralar kabi bir biri ichida ekan, hukmlari zavol nuqtasida boshqa boshqa bo’ladi. Qandayki soatning soniyalarini sanagan doirasi, daqiqani va soatni va kunlarni sanagan doiralari zohiran bir-biriga o’xshaydi, faqat tezlikda bir-biriga muxolifdir. Xuddi shuning kabi: Insondagi jism, nafs, qalb, ruh doiralari shunday bir biridan farqlanadi. Masalan: Jismning baqosi, hayoti, vujudi; yashagani bir kun, balki bir soat bo’lgani va moziy va istiqboli ma`dum va mayyit bo’lganligi holda, qalbning hozir kundan ko’p kunlar avval, ko’p kunlar keyingi zamonga qadar doirayi vujudi va hayoti kengaygandir. Ruhning hozir kundan yillar avval va yillar keyingi bir doirayi azimi, doirayi hayotiga va vujudiga dohildir.

Mana bu iste`dodga binoan hayoti qalbiy va ruhiyga mador bo’lgan ma`rifati Ilohiya va muhabbati Rabboniya va ubudiyati Subhoniya va marziyati Rahmoniya jihati ila bu dunyodagi foniy umr, boqiy bir umrni ichiga oladi va abadiy va boqiy bir umrni natija beradi va boqiy va o’limsiz bir umr hukmiga o’tadi. Ha Boqiyi Haqiqiyning muhabbat, ma`rifat, rizosi yo’lida bir soniya, bir yildir. Agar uning yo’lida bo’lmasa, bir yil bir soniyadir. Balki uning yo’lida bir soniya, cheksizdir, ko’p yillardir. Va dunyo jihatida ahli g’aflatning yuz yili, bir soniya hukmiga o’tar. Mashhur bunday bir so’z borki:

سِنَةُ الْفِرَاقِ سَنَةٌ وَ سَنَةُ الْوِصَالِ سِنَةٌ ya`ni: «Firoqning bir soniyasi, bir yil qadar uzundir va visolning bir yili, bir soniya qadar qisqadir.» Men bu fikrning butun butun aksiga deymanki: Visol, ya`ni Boqiyi Zuljalolning rizosi doirasida livajhilloh bir soniya visol, nafaqat bunday bir yil, balki doimiy bir derazayi visoldir. G’aflat va zalolat firog’i ichida nafaqat bir yil, balki ming yil, bir soniya hukmidadir. U so’zdan mashhurroq shu so’z bor:

اَرْضُ الْفَلاَتِ مَعَ اْلاَعْدَاءِ فِنْجَانٌ سَمُّ الْخِيَاطِ مَعَ اْلاَحْبَابِ مَيْدَانٌ

hukmimizni kuvvatlantiradi. Mashhur avvalki so’zning sahih bir ma`nosi budirki: Foniy mavjudodning visoli modomiki foniydir, naqadar uzun bo’lsada yana qisqa hukmidadir. Yili, bir soniya kabi o’tar: xasratli bir xayol va afsusli bir tush bo’lar. Baqoni istagan qalbi insoniy bir yil visolda, yolg’iz bir soniyachada faqat zarra kabi bir zavqini olib bilar. Firoq esa soniyasi bir yil emas, yillardir. Chunki firoqning maydoni kengdir. Baqoni istagan bir qalbga, firoq garchi bir soniya ham bo’lsa, yillar qadar tahribot etar. Chunki hadsiz firoqlarni xotiraga soladi. Moddiy va past muhabbatlar uchun butun moziy va istiqbol, firoqla to’ladir.

Аудио мавжуд эмас