Lemalar lot | Uchinchi Lam`a | 4
(1-5)

Shu masala munosabati ila deymizki: Ey insonlar! Foniy, qisqa, foydasiz umringizni; boqiy, uzun, foydali, mevali qilmoq istaysizmi? Modomiki istamoq insoniyatning iqtizosidir, Boqiyi haqiqiyning yo’lida sarflanglar. Chunki Boqiyga yuzlangan narsa, baqoning jilvasiga mazhar bo’ladi. Modomiki har inson g’oyat shiddatli bir suratda uzun bir umr istar, baqoga oshiqdir va modomiki bu foniy umrni, boqiy umrga o’zgartiradigan bir chora bor va ma`nan juda uzun bir umr hukmiga o’tqazmoq mumkindir. Albatta insoniyati pastga qulamagan bir inson, u chorani qidiradi va u imkonni ro’yobga chiqarishga harakat qiladi va shunga muvofiq yo’naladi. Mana u chora budir: Alloh uchun ishlanglar, Alloh uchun ko’rishinglar, Alloh uchun harakat qilinglar. «Lilloh, livajhilloh, liejlilloh» rizosi doirasida harakat etinglar. U vaqt sizning umringizning daqiqalari, yillar hukmiga o’tadi.

Bu haqiqat ishoratan Laylatul Qadr kabi birgina kecha, saksondan ortiq yildan iborat bo’lgan ming oy hukmida bo’lganini Qur`onning xabar berishi ko’rsatmoqda. Ham bu haqiqatga ishorat etgan ahli viloyat va haqiqat o’rtasida bir dasturi muhaqqaq bo’lgan «basti zamon» sirri ila ko’p yillar hukmida bo’lgan bir necha daqiqalik zamoni Me`roj, bu haqiqatning vujudini isbot etadi va fe`lan bo’lishini ko’rsatadi. Me`rojning bir necha soat muddati, minglab yillar hukmida kengligi va ihotasi va uzunligi bordir. Chunki u me`roj yo’li ila, baqo olamiga kirdi. Baqo olamining bir necha daqiqasi, shu dunyoning minglab sanasini ichiga olgandir. Ham shu haqiqatga bino etilgan avliyolar o’rtasida ko’plab marotaba sodir bo’lgan «basti zamon» hodisalaridir. Ba`zi avliyo bir daqiqada, bir kunlik ishni qilganlar. Ba`zilari bir soatda, bir yillik vazifani bajarganganlar. Ba`zilari bir daqiqada, bir xatmi Qur`onni o’qiganlarini rivoyat etib xabar beradilar. Bunday ahli haq va sidq, bilib turib aldashga albatta qo’l urmaslar. Ham shu daraja hadsiz va kasratli bir tavoturla «basti zamon»(Xoshiya) haqiqatini aynan mushohada etganlari madori shubha bo’lolmas.

Shu «basti zamon» harkascha aniq bir shakli tushda ko’rinadi. Ba`zan bir daqiqada insonning ko’rgan tushini, bo’lgan kechinmalarini, aytgan gaplarini, ko’rgan lazzatlarini yoki chekkan alamlarini ko’rmoq uchun uyg’oq olamda bir kun, balki kunlar lozimdir.



(Xoshiya)  قَالَ قَائِلٌ مِنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ قَالُوا لَبِثْنَا يَوْمًا اَوْ بَعْضَ يَوْمٍ oyati ila

  وَلَبِثُوا فِى كَهْفِهِمْ ثَلاَثَ مِائَةٍ سِنِينَ وَازْدَادُوا تِسْعًا oyati «tayyi zamon»ni ko’rsatgani kabi,

 وَاِنَّ يَوْمًا عِنْدَ رَبِّكَ كَاَلْفِ سَنَةٍ مِمَّا تَعُدُّون  oyati ham «basti zamon»ni ko’rsatadi.

Аудио мавжуд эмас