Mana bu qusurdan poklanib u foniy mahbubotdan aloqani kesish, u mahbublar uni tark etmasdan avval u ularni tark etmoq jihati ila Mahbubi Boqiyga hashri muhabbatni ifoda etgan
يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى bo’lgan birinchi jumlasi: «Boqiyi haqiqiy yolg’iz sensan. Masiva foniydir. Foniy bo’lgan albatta boqiy bir muhabbatga va azaliy va abadiy bir ishqqa va abad uchun yartilgan bir qalbning aloqasiga mador bo’lolmas.» ma`nosini ifoda etadi. «Modomiki u hadsiz mahbubot foniydirlar, meni tashlab ketmoqdalar; ular meni tashlamasdan avval men ularni يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى deyish bilan tashlayman. Yolg’iz sen boqiysan va sening boqiyliging ila mavjudod baqo topa olishini bilib e`tiqod etaman. Shunday ekan sening muhabbating ila ular sevilir. Yo’qsa aloqayi qalbga loyiq emaslar.» demoqdir. Mana shu holatda qalb,hadsiz mahbubotidan voz kechadi. Husn va jamollari ustida foniylik tamg’asini ko’radi, aloqayi qalbni kesadi. Agar kesmasa, mahbublari adadicha ma`naviy jarohatlar bo’ladi. Ikkinchi jumla bo’lgan يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى u hadsiz yaralarga ham malham, ham tiryoq bo’ladi. Ya`ni يَا بَاقِى «Modomiki sen boqiysan, yetar; har narsaga badalsan. Modom sen borsan, hamma narsa bor.» Darhaqiqat mavjudodda sababi muhabbat bo’lgan husn va ehson va kamol, umumiyatla Boqiyi Xaqiqiyning husn va ehson va kamolotining ishorati va ko’p pardalardan o’tgan zaif bir soyalaridir; balki jilvayi asmoyi husnaning soyalarining soyasidir.
Ikkinchi nuqta: Insonning fitratida baqoga qarshi g’oyat shiddatli bir ishq bor. Hatto har sevgan narsasida quvvayi vahima jihati ila bir navi baqo tavahhum etadi, keyin sevadi. Qachonki zavolini tushunsa yoki ko’rsa, ich-ichidan faryod etadi. Butun firoqlardan kelgan faryodlar, ishqi baqodan kelgan yig’lashlarning tarjimonlaridir. Agar tavahhumi baqo bo’lmasa muhabbat etolmas. Hatto aytib bo’ladiki: Olami baqoning va abadiy jannatning bir sababi vujudi, shu mohiyati insoniyadagi u shiddatli ishqi baqodan chiqqan g’oyat quvvatli orzuyi baqo va baqo uchun fitriy umumiy duodirki, Boqiyi Zuljalol u shiddatli qo’zg’almas fitriy orzuini, u ta`sirli quvvatli umumiy duoni qabul etgandirki, foniy insonlar uchun boqiy bir olamni xalq etgan. Ham hech mumkinmidirki: Fotiri Karim, Xoliqi Rahiym, kichik me`daning juz`iy orzusini va vaqtinchalik bir baqo uchun lisoni hol ila duosini hadsiz anvoyi laziz taomlarning ijodiyla qabul etsinda, umum navi basharning juda buyuk bir ehtiyoji fitriydan kelgan juda shiddatli bir orzusini va kulliy va doimiy va haqli va haqiqatli, lisonan, holli, baqoga doir g’oyat quvvatli duosini qabul etmasin? Xosho, yuz ming marta xosho. Qabul etmaslik mumkin emasdir. Ham hikmat va adolatiga va rahmat va qudratiga hech bir jihatla yarashmas. Modomiki inson baqoga oshiqdir, albatta butun kamoloti, lazzatlari, baqoga tobe`dir. Va modomiki baqo, Boqiyi Zuljalolga maxsusdir va modomiki Boqiyning asmosi boqiyadir va modomiki Boqiyning oynalari Boqiyning rangini, hukmini olar va bir navi baqoga mazhar bo’lar. Albatta insonga eng lozim ish, eng muhim vazifa; u Boqiyga qarshi aloqa paydo etmoqdir va asmosiga yopishmoqdir. Chunki Boqiy yo’liga sarflangan hamma narsa, bir navi baqoga mazhar bo’ladi. Mana u ikkinchi يَا بَاقِى اَنْتَ الْبَاقِى jumlasi bu haqiqatni ifoda etadi. Insonning hadsiz ma`naviy yaralarini davolamoqla barobar, fitratidagi g’oyat shiddatli orzuyi baqoni u bilan ta`minlaydi.