Lemalar lot | Birinchi Lam`a | 1
(1-3)

 



(O’ttiz Birinchi Maktubning birinchi qismi; har zamon, xususan shom va xufton orasida o’ttiz uch martadan o’qilishi ko’p fazilatli bo’lgan mazkur kalimayi muborakaning har birining ko’p nurlaridan birtadan nurini ko’rsatadigan olti Lam`adir.)

 

Birinchi Lam`a

 

Hazrati Yunus Ibni Metta Ala Nabiyina va Alayhissalatu Vassalamning munojoti, eng azim bir munojotdir va eng muhim bir vasilayi ijobati duodir. Hazrati Yunus Aleyhissalomning qissayi mashhurasining xulosasi: Dengizga otilgan, katta bir baliq uni yutgan. Dengiz to’fonli va kecha dag’dag’ali va qorong’u va har tarafdan umid kesilgan bir vaziyatda

 لاَ اِلهَ اِلاَّ اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنِّى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ munojoti, unga sur`atan vositayi najot bo’lgan. Shu munojotning sirri azimi shudurki: U vaziyatda sabablar tamoman sukut etdi. Chunki u holda unga najot beradigan shunday bir zot lozimki; hukmi ham baliqqa, ham dengizga, ham kechaga, ham samo yuziga o’tib bilsin. Chunki unga qarshi «kecha, dengiz va hut» ittifoq etmishlar. Bu uchovini birdan amriga musahhar etgan bir zot uni sohili salomatga chiqara olar. Agar butun xalq uning xizmatkori va yordamchisi bo’lsa edilar, yana besh tiyin foydalari bo’lmas edi. Demak sabablarning ta`siri yo’q. Musabbibul Asbobdan boshqa bir sig’inuvchi bo’lolmasligini aynalyaqin ko’rganidan, sirri ahadiyat, nuri tavhid ichida inkishof etgani uchun shu munojot birdaniga kechani, dengizni va hutni musahhar etmishtir. U nuri tavhid ila hutning qornini bir suv osti kemasi hukmiga keltirib va zilzilali tog’lar kabi to’lqinlar dahshati ichida; dengizni, u nuri tavhid ila tinch bir sahro, bir maydoni sayr va sayohat qilib u nur ila samo yuzini bulutlardan supurib, qamarni bir chiroq kabi boshi ustida tuttirdi. Har tomondan uni tahdid va tazyiq etgan u maxluqot, har jihatda unga do’stlik yuzini ko’rsatdilar. Toki sohili salomatga chiqdi, yaktin daraxti ostida u lutfi Rabboniyni mushohada etdi.

Аудио мавжуд эмас