Lemalar lot | Birinchi Lam`a | 3
(1-3)

Alhosil: Modomiki inson, mohiyatining jo`meyati e`tibori ila isitmada titrashdan ma`yus bo’lgani kabi, zaminning zilzila va titrashidan va koinotning qiyomat hangomida zilzilayi kubrosidan mutaallim bo’ladi. Va qandayki kichkina bir mikrobdan qo’rqadi; samo jismlaridan zuhur etgan dumli yulduzdan ham qo’rqadi. Ham qandayki xonasini sevadi, katta dunyoni ham shunday sevadi. Ham qandayki kichik bog’ini sevadi, xuddi shunday hadsiz abadiy Jannatni ham mushtoqona sevadi. Albatta bunday bir insonning Ma`budi, Robbi, sig’inadigani, xaloskori, maqsudi shunday bir zot bo’lishi mumkinki, umum koinot uning qabzayi tasarrufida, zarrot va sayyorot ham taxti amridadir. Albatta bunday bir inson doimo Yunus(A.S.) kabi

لاَ اِلهَ اِلاَّ اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنِّى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ deyishga mushtoqdir.

 

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

 

 

Аудио мавжуд эмас