Lemalar lot | Birinchi Lam`a | 2
(1-3)

Mana Hazrati Yunus Alayhissalomning birinchi vaziyatidan yuz daraja mudhishroq bir vaziyatdamiz. Kechamiz, istiqboldir. Istiqdolimiz, nazari g’aflat ila uning kechasidan yuz daraja yanada qorong’u va dahshatlidir. Dengizimiz, shu sargardoni kurrayi zaminimizdir. Bu dengizning har mavjida minglab jannoza hosil bo’ladi; uning dengizidan ming daraja qo’rqinchliroqdir. Bizning havoyi nafsimiz, hutimizdir; hayoti abadiyamizni siqib mavhiga harakat qilmoqda. Bu hut, uning hutidan ming marta ko’proq zararlidir. Chunki uning huti yuz yillik bir hayotni mavh etadi. Bizning hutimiz esa, yuzlab million yillar hayotning mavhiga harakat qilmoqda. Modomiki haqiqiy vaziyatimiz budir; biz ham Hazrati Yunus Alayhissalomga iqtido qilib, umum sabablardan yuzimizni o’girib to’g’ridan to’g’ri Musabbibul Asbob bo’lgan Robbimizga iltijo etib  لاَ اِلهَ اِلاَّ اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنِّى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ deyishimiz kerak va aynalyaqin tushunishimiz kerakki; g’aflat va zalolatimiz sababi ila bizga qarshi ittifoq etgan istiqbol, dunyo va havoyi nafsning zararlarini daf etadigan yolg’iz shunday zot bo’lishi mumkinki; istiqbol taxti amrida, dunyo taxti hukmida, nafsimiz taxti idorasidadir. Ajabo Xoliqi Samovot va Arzdan boshqa qaysi sabab borki, eng nozik va eng yoshirin qalbimiz kechinmalarni bilsin va biz uchun istiqbolni, oxiratning ijodi ila ishiqlandirsin va dunyoning Yuz ming bo’g’uvchi to’lqinlaridan qutqarsin, xosho, Zoti Vojibul Vujuddan boshqa hech narsa, hech bir jihatda uning izni va irodasi bo’lmasdan yordam berolmas va xaloskor bo’lolmas. Modom haqiqati hol bunday ekan. Qandayki Hazrati Yunus Alayhissalomga u munojotning natijasida huti unga bir vosita, bir suv osti kemasi va dengizi bir go’zal sahro va kecha mahtobli bir latif surat oldi. Biz ham u munojotning sirri ila لاَ اِلهَ اِلاَّ اَنْتَ سُبْحَانَكَ اِنِّى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ demog’imiz lozim. لاَ اِلهَ اِلاَّ اَنْتَ jumlasi ila istiqbolimizga, سُبْحَانَكَ ö kalimasi ila dunyomizga,  اِنِّى كُنْتُ مِنَ الظَّالِمِينَ  bo’lagi bilan nafsimizga nazari marhamatini jalb etishimiz kerak. Toki, nuri iymon ila va Qur`onning mahtobi ila istiqbolimiz nurlansin va u kechamizning dahshat va vahshati, unsiyat va dam olishga inqilob etsin. Va mutamodiyan o’lim va hayotning almashinishi ila yillar va asrlar to’lqini ustida hadsiz janozalar minib yo’qlikka otilgan dunyomiz va zaminimizda, Qur`oni Hakimning uskunasida yaratilgan bir kemayi ma`naviya hukmiga o’tgan haqiqati  Islomiyat ichiga kirib salomatlik bilan u dengizning ustida kezib, to sohili salomatga chiqib hayotimiz vazifasi bitsin. U dengizning to’fon va zilzilalari, kino pardalari kabi sayohat manzaralarini almashish bilan, vahshat va dahshat o’rniga, nazari ibrat va tafakkurni lazzatlantirib erkalantirib ishiqlantirsin. Ham u sirri Qur`on ila, u tarbiyayi Furqoniya ila; nafsimiz bizga minmaydi, vositamiz bo’lib, bizni unga mindirib, hayoti abadiyamizning qozonilishiga quvvatli bir vositamiz bo’lsin.

Аудио мавжуд эмас