Lemalar lot | To’rtinchi Lam`a | 1
(1-8)

                                To’rtinchi Lam`a

"Minxoji Sunnat" bu risolaga loyiq ko’rilgandir.

(«Masalayi Imomat» ikkinchi darajali masala bo’lgani holda, ziyoda ahamiyat berilganidan bir masalayi iymoniya sirasiga kirib, Ilmi Kalomda va usuli dinda madori nazar bo’lgani jihatla, Qur`onga va iymonga oid xizmati asosiyamizga munosabati bo’lganidan juz`iy bahs etildi.)


 

Shu oyati azimaning ko’p haqoiqi azimasidan bir-ikki haqiqatiga

«Ikki Maqom» ila ishorat etamiz.

 

Birinchi maqom

 

«To’rt nuqta»dir.

Birinchi nuqta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ummatiga qarshi kamoli shafqat va marhamatini ifoda etadi. Darhaqiqat rivoyati sahihaga ko’ra mashharning dahshatidan harkas, hatto anbiyolar ham «nafsim, nafsim» deganlari zamon, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam «ummatim, ummatim» deya marxamat va shafqatini ko’rsatgani kabi, yana dunyoga kelgan payt ahli kashfning tasdig’i ila volidasi uning munojotidan «ummatim, ummatim» eshitgan. Ham butun tarixi hayoti va namoyon etgani shafqatkorona go’zal axloq, kamoli shafqat va marxamatini ko’rsatgani kabi; ummatining hadsiz salavotiga hadsiz ehtiyoj ko’rsatish bilan, ummatining butun saodatlari ila kamoli shafqatidan aloqador bo’lganini ko’rsatish bilan hadsiz bir shafqatini ko’rsatgan. Mana shu daraja shafqatli va marhamatli bir rahbarning sunnati saniyasiga rioya etmaslik, qay daraja nonko’rlik va vijdonsizlik bo’lganini qiyos ayla.

Аудио мавжуд эмас