Ikkinchi nuqta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, kulliy va umumiy vazifayi nubuvvat ichida ba`zi xususiy, juz`iy shaxslarga qarshi azim bir shafqat ko’rsatgan. Zohir holga ko’ra u azim shafqati, u xususiy juz`iy shaxslarga sarf etishi, vazifayi nubuvvatning favqulodda ahamiyatiga uyg’un kelmaydi. Faqat haqiqatda u juz`iy shaxs, kulliy umumiy bir vazifayi nubuvvatning madori bo’lishi mumkin bo’lgan bir silsilaning uchi va timsoli bo’lganidan, u silsilayi azimaning hisobiga uning timsoliga favqulotda ahamiyat berilgan. Masalan: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam hazrati Hasan va Husanga qarshi kichiklarida ko’rsatgan favqulotda shafqat va ahamiyati azima, yolg’iz avlodlik shavqat va hissi qarindoshlikdan kelgan bir muhabbat emas, balki vazifayi nubuvvatning bir zanjiri nuroniysining bir uchi va varosat-i Nabaviyaning g’oyat ahamiyatli bir jamoatining o’zagi, timsoli, mundarijasi jihati iladir. Darhaqiqat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, Hazrati Hasanni (R.A.) kamoli shafqatidan quchog’iga olib boshini o’pishi bilan; Hazrati Hasandan (R.A.) silsila etgan nuroniy nasli muborakidan G’avsi A`zam bo’lgan Shohi Geyloniy kabi ko’p mahdi-misol varosa-i nubuvvat va shariati Ahmadiya(S.A.V.) xizmatkorlari bo’lgan zotlarning hisobiga Hazrati Hasanning (R.A.) boshini o’pgan va u zotlarning istiqbolda qiladigan xizmati qudsiyalarini nazari nubuvvatla ko’rib taqdir va tahsin etgan va taqdir va tashviqqa alomat bo’lib Hazrati Hasanning (R.A.) boshini o’pgan. Ham Hazrati Husanga qarshi ko’rsatganlari favqulotda ahamiyat va shafqat, Hazrati Husanning (R.A.) silsilayi nuroniyasidan kelgan Zaynalobidin, Jafari Sodiq kabi yuksak oliyshon va haqiqiy varosa-i Nabaviya kabi ko’plab mahdi-misol nuroniy zotlarning nomiga va Dini Islom va vazifayi risolat hisobiga bo’ynini o’pgan, kamoli shafqat va ahamiyatini ko’rsatgandir. Darhaqiqat Zoti Ahmadiyaning g’aybni bilgan qalbi ila, dunyoda Asri Saodatdan abad tarafida bo’lgan maydoni hashrni tomosha etgan va yerdan Jannatni ko’rgan va zamindan ko’kdagi maloikalarni mushohada etgan va zamoni Odamdan beri moziy zulumotining pardalari ichida yashiringan hodisotni ko’rgan, hatto Zoti Zuljalolning ru`yatiga mazhar bo’lgan nazari nuroniysini, chashmi istiqbolbinisini, albatta Hazrati Hasan va Husanning orqalarida silsila etgan aqtob va voris imomlar va mahdiylarni ko’rgan va ularning umumi nomiga boshlarini o’pgan. Darhaqiqat Hazrati Hasanning (R.A.) boshini o’pishida, Shohi Geyloniyning hissayi azimasi bor.