Lemalar lot | To’rtinchi Lam`a | 5
(1-8)

Hazrati Alining (R.A.) shaxsi haqida boshqa xalifalardan ziyoda sanokorona hadisning kasratla intishorining sirri shudirki: Amaviylar ila Xorijiylar, unga haqsiz hujum va tanqis etkanliklariga muqobil Ahli Sunat va Jamoat bo’lgan ahli haq, u haqida rivoyatni ko’p nashr etdilar. Boshqa Xalifalar bo’lsa, bunday tanqid va tanqisga ko’p ma`ruz qolmaganlari uchun, ular haqidagi hadisning intishoriga ehtiyoj ko’rilmadi. Ham istiqbolda Hazrati Ali (R.A.) alamli hodisotga va ichki fitnalarga ma`ruz qolishini nazari nubuvvatla ko’rgan, Hazrati Ali (R.A.) ma`yusiyatdan va ummatini uning u haqida sui zondan qutqarmoq uchun مَنْ كُنْتُ مَوْلاَهُ فَعَلِىٌّ مَوْلاَهُ kabi muhim hadislarla Alini (R.A.) tasalli va ummatini irshod etmishtir.

Hazrati Aliga (R.A.) qarshi shiayi viloyatning ifrotkorona muhabbatlari va tariqat jihatidan kelgan yuksatishlari, o’zlarini shiayi xilofat darajasida mas`ul etmas. Chunki ahli valoyat maslak e`tibori ila, muhabbat ila murshidlariga boqadilar. Muhabbatning sha`ni ifrotdir. Mahbubini maqomidan ortiq ko’rmoq orzu etar va shunday ham ko’radi. Muhabbatning toshqinliklarida ahli hol ma`ruz bo’lishlari mumkin. Faqat ularning muhabbatdan kelgan yuksatishlari, Xalifalarning ayblashiga va adovatiga ketmaslik sharti ila va usuli islomiyatning xorijiga chiqmaslik shartiyla ma`ruz bo’lishlari mumkin. Shiayi xilofat esa; siyosat g’arazi, ichiga kirgani uchun, g’arazdan, tajovuzdan qutulolmaydilar, uzrlik haqqini yo’qotadilar. Hatto

 لاَ لِحُبِّ عَلِىٍّ بَلْ لِبُغْضِ عُمَرَ jumlasiga misol qilib Hazrati Umarning (R.A.) qo’li ila Eron milliyati jarohat olgani uchun, intiqomlarini Aliga muhabbat suratida ko’rsatganlari kabi, Amr Ibnul Osning Hazrati Aliga (R.A.) qarshi chiqishi va Umar Ibni Sa`dning Hazrati Huseynga (R.A.) qarshi fojiali urushi, Umar ismiga qarshi shiddatli bir g’ayz va adovatni Shialarga bergan. Ahli Sunnat va Jamoatga qarshi shiayi valoyatning haqqi yo’qdirki, Ahli Sunnatni tanqid etsin. Chunki Ahli Sunnat, Hazrati Alini (R.A.) ayblamaganligi kabi jiddiy sevadilar. Faqat hadischa tahlikali sanalgan ifroti muhabbatdan chekinadilar. Hadischa Hazrati Alining (R.A.) shiasi haqidagi sanoyi Nabaviy, ahli sunnatga oiddir. Chunki istiqomatli muhabbatla Hazrati Alining (R.A.) shialari, ahli haq bo’lgan Ahli Sunnat va Jamoatdir. Hazrati Iso Alayhissalom haqida ifroti muhabbat, Nasroniylar uchun tahlikali bo’lgani kabi; Hazrati Ali (R.A.) haqida ham u tarzda ifroti muhabbat, hadisi sahihda tahlikali bo’lgani ochiq aytilgan.

Аудио мавжуд эмас