Lemalar lot | To’rtinchi Lam`a | 7
(1-8)

Ammo shiayi xilofat esa, Ahli Sunnat va Jamoatga qarshi uyalishdan boshqa hech bir haqlari yo’qdir. Chunki bular Hazrati Alini (R.A.) favqulotda sevmoq da`vosida bo’lganliklari holda aybdor etadilar va sui axloqda bo’lganini ularning mazxablari iqtizo etadi. Chunki deydilarki: «Hazrai Siddiq ila Hazrati Umar (R.A.) haqsiz bo’lganliklari holda Hazrati Ali (R.A.) ularga yuzaki do’stlik etmish, Shia istilosigacha taqiyya etmish; ya`ni ulardan qo’rqmish, riyokorlik etmish.» Ajabo bunday qahramoni Islom va «Asadulloh» unvonini qozongan va siddiqlarning qo’mondoni va rahbari bo’lgan bir zotni, riyokor va qo’rqoqlik ila va sevmagan zotlarga tasannukorona muhabbat ko’rsatish bilan va yigirma yildan ortiq xavf ostida yuzaki do’stlik etmoqla haqsizlarga tobe`likni qabul etmoqla sifatlash, unga muhabbat emasdir. U xil muhabbatdan Hazrati Ali (R.A.) yuz o’giradi. Mana ahli haqning mazhabi hech bir jihatla Hazrati Alini (R.A.) aybdor etmaydi, sui axloq ila ittihom etmaydi. Unday bir horiqoyi shijoatga qo’rqoqlik isnod etmaydi va derlarki: «Hazrati Ali (R.A.), Xalifalarni haq ko’rmasa edi, bir daqiqa tan olmas va itoat etmasdi. Demakki ularni haqli va ustun ko’rgani uchun, g’ayrat va shijoatini haqparastlik yo’liga taslim etgan.»

Alhosil: Hamma narsaning ifrot va tafriti yaxshi emasdir. Istiqomat esa haddi vasatdirki, Ahli Sunnat va Jamoat uni ixtiyor etmish. Faqat afsuski Ahli Sunnat va Jamoat pardasi ostida Vahhobiylik va Xorijiylik firki qisman kirgani kabi, siyosat maftunlari va bir qism mulhidlar, Hazrati Alini (R.A.) tanqid etadilar. Xosho, siyosatni bilmaganidan xalifalikka tom layoqat ko’rsatmagan, idora etolmagan deydilar. Mana ularning bu haqsiz itthomlaridan Alevilar, ahli sunnatga qusmoq vaziyatini oladilar. Holbuki Ahli Sunnatning dasturlari va mazhab asoslari, bu fikrlarni iqtizo etmaydi balki aksini isbot etadilar. Xorijiylarning va mulhidlarning tarafidan kelgan bunday fikrlar ila Ahli Sunnat mahkum bo’lolmas. Balki Ahli Sunnat, Alevilardan ziyoda Hazrati Alining (R.A.) tarafdoridirlar. Butun xutbalarida, duolarida Hazrati Alini (R.A.) loyiq bo’lgan sano bilan zikr etadilar. Xususan aksariyati mutloq  ila Ahli Sunnat va Jamoat mazhabida bo’lgan avliyo va asfiyo, uni murshid va shohi valoyat deb biladilar. Alevilar, ham Alevilarning ham Ahli Sunnatning adovatiga haq qozongan Xorijiylarni va mulhidlarni tashlab, ahli haqqa qarshi dushman vaziyati olmasliklari kerak. Hatto bir qism Alevilar, Ahli Sunnatning inodiga sunnatni tark etadilar. Nima  bo’lganda ham bu masalalarda ortiq gapirdik. Chunki ulamoning orasida ziyoda madori bahs bo’lgan.

Ey ahli haq bo’lgan Ahli Sunnat va Jamoat! Va ey Oli Baytning muhabbatini maslak tutgan Alevilar! Tezda bu ma`nosiz va haqiqatsiz, haqsiz, zararli bo’lgan nizoni orangizdan olib tashlang. Bo’lmasa hozirgi quvvatli bir suratda hukm qilayotgan zindiqa jarayoni, biringizni boshqasiga qarshi olat etib ezishida iste`mol etadi. Buni mag’lub etgandan so’ng, u olatni ham sindiradi. Siz ahli tavhid bo’lganingizdan uxuvvatni va ittihodni amr etgan yuzlab asosli robitayi qudsiya mobayningizda bor ekan, ittifoqni iqtizo etgan juz`iy masalalarni tashlamoq zarurdir.

 

 

Аудио мавжуд эмас