Lemalar lot | To’rtinchi Lam`a | 4
(1-8)

To’rtinchi nuqta: Uchinchi Nuqta munosabati ila Shialar ila Ahli Sunnat va Jamoatning madori nizosi, hatto aqoidi iymoniya kitoblariga va asosoti iymoniya sirasiga kiradigan darajada kattalashtirilgan bir masalaga qisqacha bir ishorat etamiz. Masala shudir:

Ahli Sunnat va Jamoat derki: «Hazrati Ali (R.A.), To’rt Xalifaning to’rtinchisidir. Hazrati Siddiq (R.A.) afzalroqdir va xalifalikka yanada haqliroq ediki, eng avval u bo’ldi.» Shialar deydilarki: «Haq, Hazrati Alining (R.A.) edi. Unga haqsizlik etildi. Umumidan eng afzali Hazrati Alidir.(R.A.)» Da`volariga keltirgan dalillarning xulosasi: Deydilarki: Hazrati Ali (R.A.) haqida kelgan hadisi Nabaviya va Hazrati Alining (R.A.)  «Shohi Valoyat» unvoni ila aksariyati mutloqa ila avliyolarning va tariqatlarning asosi va ilm va shijoat va ibodatda horiquloda sifatlari va Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam unga va undan silsila etgan Oli Baytga qarshi shiddati aloqasi ko’rsatadiki; eng afzali udir, doimo xalifalik uning haqqi edi, undan g’asp etildi.

Aljavob: Hazrati Ali (R.A.) qat`iyan o’z iqrori va yigirma yildan ziyoda u uch xalifaga ittibo etib ularning shayxulislomligi maqomida bo’lishi, Shialarning bu da`volarini churitadi. Ham uch xalifaning zamoni xalifaliklarida futuhoti Islomiya va mujohadayi a`da hodisalari va Hazrati Alining (R.A.) zamonidagi voqealar, yana xilofat-i Islomiya nuqtasida Shialarning da`volarini churitadi. Demak Ahli Sunnat va Jamoatning da`vosi, haqdir.

Agar deyilsa: Shia ikkidir. Biri; shiayi valoyatdir, boshqasi; shiayi xilofat. Mayli bu ikkinchi qismi g’araz va siyosatni qorishtirishi ila haqsiz bo’lsin. Faqat birinchi qismida g’araz va siyosat yo’q. Holbuki shiayi valoyat, shiayi xilofatga ergashgan, ya`ni; ahli tariq avliyolarning bir qismi Hazrati Alini (R.A.) afzal ko’radilar. Siyosat jihatida bo’lgan shiayi xilofatning da`volarini tasdiq etadilar.

Aljavob: Hazrati Aliga (R.A.) ikki jihatla qaramoq lozim. Bir jihati; shaxsiy kamolot va martabasi nuqtasidadir. Ikkinchi jihat: Oli Baytning shaxsi ma`naviysini tamsil etgani nuqtasidadir. Oli Baytning shaxsi ma`naviysi esa, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning bir navi mohiyatini ko’rsatadi. Mana birinchi nuqta e`tibori ila Hazrati Ali (R.A.) boshda bo’lib butun ahli haqiqat, Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umarni (R.A.) taqdim etadilar. Xizmati Islomiyada va manaviy yaqinliki Ilohiyada maqomlarini balandroq ko’rganlar. Ikkinchi nuqta jihatida Hazrati Ali (R.A.) shaxsi ma`naviyi Oli Baytning timsoli va shaxsi ma`naviyi Oli Bayt, bir haqiqati Muhammadiyani(S.A.V.) tamsil etgani jihatla, muvozanaga kelmas. Mana Hazrati Ali (R.A.) haqida favqulotda sanokorona hadisi Nabaviya, bu ikkinchi nuqtaga qaraydilar.  Bu haqiqatni quvvatlantirgan bir rivoyati sahiha borki; Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etmish: «Har Nabining nasli o’zidandir. Mening naslim, Alining(R.A.) naslidandir.»

Аудио мавжуд эмас