Uchinchi Nuqta اِلاَّ الْمَوَدَّةَ فِى الْقُرْبَى oyatining bir qovliga ko’ra ma`nosi: «Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, vazifayi risolatning ijrosiga muqobil ujrat istamas, yolg’iz Oli Baytiga do’st bulishlikni istaydi.» Agar deyilsa: Bu ma`noga ko’ra nasliga yaqinlik jihatidan kelgan bir foyda ko’zlash ko’rinadi. Xolbuki,
اِنَّ اَكْرَمَكُمْ عِنْدَ اللّهِ اَتْقَيكُمْ sirriga binoan nasliga yaqinlik emas, balki Ollohga yaqinlik nuqtasida vazifayi risolat jarayon etadi?
Aljavob: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, g’aybni ko’rgan nazari ila ko’rganki: Oli Bayti, Olami Islom ichida bir shajarayi nuroniya hukmiga o’tadi. Olami Islomning butun tabaqasida kamoloti insoniya darsida rahbarlik va murshidlik vazifasini qiladigan zotlar, aksariyati mutloqa ila Oli Baytdan chiqadi. Tashahhuddagi ummatining «Ol» haqidagi duosiki,
اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ
كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى اِبْرَاهِيمَ وَ عَلَى آلِ اِبْرَاهِيمَ اِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ
dir. Maqbul bo’lishini kashf etgan, ya`ni qandayki millati Ibrohimiyada aksariyati mutloqa ila nuroniy rahbarlar Hazrati Ibrohimning (A.S.) oilasidan, naslidan bo’lganlar payg’ambar bo’lgani kabi; ummati Muhammadiyada esa (S.A.V.) vazifayi azimayi Islomiyatga va aksar yo’llarlar va maslaklarida Anbiyoyi Bani- Isroil kabi, Aqtobi Oli Bayti Muhammadiyani(S.A.V.) ko’rgan. Shuning uchun
deyishi bilan amr qilinib, Oli Baytga qarshi ummatning do’stligini istagan. Bu haqiqatni quvatlantirgan boshqa rivoyatlarda farmon etgan: «Sizga ikki narsa qoldiryapman. Ularga yopishsangiz, najot topasiz. Biri: Kitobulloh, biri: Oli Baytim.» Chunki Sunnati Saniyaning manbayi va muhofizi va har jihatla tarafdorlik ko’rsatish bilan mukallaf bo’lgan Oli Baytdir.
Mana bu sirga binoandirki; Kitob va Sunnatga ittibo unvoni ila bu hadis haqiqati bildirilgan. Demak Oli Baytdan, vazifayi Risolatcha murodi: Sunnati Saniyasidir. Sunnati Saniyaga ittiboni tark etgan, haqiqiy Oli Baytdan bo’lmagani kabi, Oli Baytga haqiqiy do’st ham bo’lolmas.
Ham ummatini Oli Baytning atrofida to’plamoq orzusining sirri shudirki: Zamon o’tishi bilan Oli Bayt ko’payishini izni Ilohiy ila bilgan va Islomiyat zaif bo’lishini tushungan. U holda g’oyat quvvatli va kasratli bir mustahkam jamoat lozimki, Olami Islomning taraqqiyoti ma`naviysida mador va markaz bo’lib bilsin. Izni Ilohiy ila tushungan va ummatini Oli Baytning atrofiga to’planishini orzu etgan. Darhaqiqat Oli Baytning fardlari esa, e`tiqod va iymon xususida boshqalardan ko’p oldin bo’lmasa ham, yana taslim, bog’lanish va tarafgirlikda ko’p oldindadirlar. Chunki Islomiyatga fitratan, naslan va avlodan tarafdordirlar. Avlodiy tarafdorlik zaif va sharafsiz, hatto haqsiz bo’lsa ham tashlanilmaydi. Qayerda qoldiki, g’oyatda quvvatli, g’oyat haqiqatli, g’oyat shonli, butun silsilayi ajdodi bog’langani va sharaf qozongani va jonlarini fido etganlari bir haqiqatga tarafdorlik, naqadar asosli va fitriy bo’lganini bilbadoha his etgan zot, hech tarafgirlikni tashlaydimi? Ahli Bayt, mana bu shiddati tarafgirlik va fitriy Islomiyat jihati ila Dini Islom uchun kichik bir ishorani, quvvatli bir burhon kabi qabul etadi. Chunki, fitriy tarafdordir. Boshqasi bo’lsa, quvvatli bir burhon ila keyin tarafdor bo’ladi.