Lemalar lot | To’rtinchi Lam`a | 6
(1-8)

Shiayi viloyat agar desaki: Hazrati Alining (R.A.) kamoloti favqulodasi qabul bo’lishidan so’ng Hazrati Siddiqni (R.A.) undan ustun etmoq qabul bo’lmaydi.

Aljavob: Hazrati Siddiqi Akbarning va Faruqu A`zamning (R.A.) shaxsiy kamoloti ila va varosati nubuvvat vazifasi ila zamoni Xilofatdagi kamoloti ila barobar bir tarozining pallasiga, Hazrati Alining (R.A.) shaxsiy kamoloti horiqosi ila, xalifalik zamonidagi dohiliy bilmajburiya kirgan alamli voqealardan kelgan va yomon fikrlarga ma`ruz bo’lgan xalifalik urushlari barobar me`zonning boshqa pallasiga qo’yilsa, albatta Hazrati Siddiqning(R.A.) vayoxud Faruqning(R.A.) vayoxud Zinnuraynning(R.A.) pallasi og’ir kelishini Ahli Sunnat ko’rgan, ustunlik bergan. Ham O’n Ikkinchi va Yigirma To’rtinchi So’zlarda isbot etilgani kabi: Nubuvvat, valoyatga nisbatan darajasi shu qadar yuksakdirki; nubuvvatning bir dirham qadar jilvasi, bir botmon qadar valoyatning jilvasidan ustundir. Bu nuqtayi nazardan Hazrati Siddiqi Akbarning (R.A.) va Faruqi A`zamning (R.A.) varosati nubuvvat va  ta`sisi ahkomi risolat nuqtasida hissalari tarafi Ilohiydan ziyoda berilganiga, xalifaligi zamonlaridagi muvaffaqiyatlari Ahli Sunnat va Jamoatcha dalil bo’lgan. Hazrati Alining (R.A.) kamoloti shaxsiyasi, u varosati nubuvvatdan kelgan u ziyoda hissani hukmdan ustun etolmagani uchun, Hazrati Ali (R.A.) Mukarram Shayxlarning zamoni xalifaliklarida ularga shayxulislom bo’lgan va ularni hurmat qilgan. Ajabo Hazrati Alini (R.A.) sevgan va hurmat qilgan ahli haq va sunnat, Hazrati Alining (R.A.) sevgani va jiddiy hurmat qilgani Xalifalarni qanday sevmasin va hurmat qilmasin? Bu haqiqatni bir misol bilan izoh qilaylik. Masalan: G’oyat boy bir zotning vasiyatidan avlodlarining biriga yigirma botmon kumush va to’rt botmon oltin beriladi. Boshqasiga besh botmon kumush bilan besh botmon oltish beriladi. Yana boshqasiga ham uch botmon kumush bilan besh botmon oltin berilsa; albatta oxirdagi iktasi son jihatidan oz olmoqdalar, faqat sifat jihatida ziyoda olmoqdalar. Mana bu misol kabi Xalifalaning varosati nubuvvat va ta`sisi ahkomi risolatidan tajalli etgan haqiqati aqrabiyat-i Ilohiya oltinidan hissalarining ozgina ko’pligi, kamoloti shaxsiya va viloyat javharidan nash`at etgan qurbiyat-i Ilohiyaning va kamoloti valoyatning va yaqinligining ko’piga g’olib keladi. Muvozanada bu nuqtalarni nazarga olmoq kerakdir. Yo’qsa shaxsiy shijoati va ilmi va valoyati nuqtasida bir-biri ila muvozana etilsa, haqiqatning surati almashinadi. Ham Hazrati Alining (R.A.) zotida timsol etgan shaxsi ma`naviyi Oli Bayt va u shaxsi ma`naviyada varosati mutlaqo jihati ila tajalli etgan haqiqati Muhammadiya (S.A.V.) nuqtasida muvozana etilmas. Chunki u yerda Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning sirri azimi bor.

Аудио мавжуд эмас