Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 1
(1-11)

O’n Birinchi Lam`a

Mirqot-us Sunnat va Tiryoq-i Maraz-ul Bid`a

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

لَقَدْ جَاءَكُمْ رَسُولٌ مِنْ اَنْفُسِكُمْ عَزِيزٌ عَلَيْهِ مَا عَنِتُّمْ حَرِيصٌ

 عَلَيْكُمْ بِالْمُؤْمِنِينَ رَؤُفٌ رَحِيمٌ

 

 (Shu oyatning birinchi maqomi, Minxoji Sunnat;

Ikkinchi maqomi, Mirqot-us Sunnatdir.)

 

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ

وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ

قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللّهُ

 

(Bu ikki oyati azimaning yuzlab nuqtasidan o’n bir nuqtasi qisqacha bayon etiladi.)

 

 

Birinchi nuqta:  Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etgan:

مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّتِى عِنْدَ فَسَادِ اُمَّتِى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَهِيدٍ

Ya`ni: «Fasodi ummatim zamonida kim mening sunnatimga yopishsa yuz shahidning ajrini, savobini qozonabilir.» Darhaqiqat Sunnati Saniyaga ittibo, mutlaqo g’oyat qiymatdordir. Xususan bid`atlarning istilosi zamonida sunnati saniyaga ittibo etmoq yanada ziyoda qiymatdordir. Xususan fasodi ummat zamonida Sunnati Saniyaning kichik bir odobiga amal qilmoq, ahamiyatli bir taqvoni va quvvatli bir iymonning hissasidan hisoblanadi. To’g’ridan-to’g’riga Sunnatga ittibo etmoq, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni xotirga keltiradi. U ixtordan u xotira, bir huzuri Ilohiy xotirasiga inqilob etadi. Hatto eng kichik bir muomalada, hatto yemoq, ichmoq va yotmoq odobida Sunnati Saniyani rioya etgani daqiqada, u oddiy muomala va u fitriy amal, savobli bir ibodat va shar`iy bir harakat bo’ladi. Chunki u oddiy harakati ila Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga iqtidoni o’ylaydi va shariatning bir adabi bo’lganini tasavvur etadi va shariat sohibi bo’lgani xotirasiga keladi. Va undan shariatning xaqiqiy sohibi bo’lgan Janobi Xaqqa qalbi mutavajjih bo’ladi, bir navi huzur va ibodat qozonadi.

Аудио мавжуд эмас