Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 4
(1-11)

Mana shu ma`noyi ishoriy vositasi ila; menga dahshat bergan uch mudhish janoza, boshqa shakl oldilar. Ya`ni: Ham Hakim, ham Rahim, ham Odil, ham Qodir bir Zoti Zuljalolning taxti tadbir va rububiyatida va hikmat va rahmati ichida hikmatnamo bir sayron, ibratnamo bir javalon, vazifadorona bir sayohat suratida bir sayru safardir, bir tarhis va tavzifdir ki, shunday qilib koinot chalqalanadi, ketadi, keladi!...

Beshinchi nuqta: قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللّهُ oyati azimasi, ittiboyi Sunnat naqadar muhim va lozim bo’lganini juda qat`iy bir suratda e`lon etadi. Darhaqiqat shu oyati karima, qiyosoti mantiqiya ichida, qiyosi istisnoyi qismining eng quvvatli va qat`iy bir qiyosidir. Shundayki: Qandayki mantiqcha qiyosi istisnoyi misoliy o’laroq deyiladi: «Agar quyosh chiqsa, kunduz bo’ladi.» Musbat natija uchun deyiladi: «Quyosh chiqdi, unday bo’lsa natija beradiki: Hozir kunduzdir.» Manfiy natija uchun deyiladi: «Kunduz yo’q, unday bo’lsa natija beradiki; Quyosh chiqmagan». Mantiqcha, bu musbat va manfiy ikki natija qat`iydirlar. Aynan shuning kabi: Shu oyati karima derki: «Agar Allohga muhabbatingiz bo’lsa, Habibullohga ittibo qilinadi. Ittibo etilmasa, natija beradiki: Allohga muhabbatingiz yo’qdir.» Muhabbatulloh bor bo’lsa, natija beradiki: Habibullohning Sunnati Soniyasiga ittiboni natija etadi. 

Darhaqiqat Janobi Haqqa iymon keltirgan, albatta unga itoat etadi. Va itoat yo’llari ichida eng maqbuli va eng mustaqimi va eng qisqasi, shubhasiz Habibullohning ko’rsatgan va ta`qib etgan yo’lidir. Ha, bu koinotni bu daraja in`omlar bilan to’ldirgan Zoti Karimi Zuljamol, zushuurlardan u ne`matlarga qarshi shukr istashi, zaruriy va aniqdir. Ham bu koinotni bu qadar mo’`jizali san`atlar bilan ziynatlantirgan u Zoti Hakimi Zuljalol, albatta shubhasiz zishuurlar ichida eng mumtoz birisini o’ziga muhotab va tarjimon va bandalariga muballig’ va imom qiladi. Ham bu koinotni haddu hisobga kelmas tajalliyoti jamol va kamolotiga mazhar etgan u Zoti Jamili Zulkamol, albatta va shubhasiz sevgani va izhorini istagani jamol va kamol va asmo va san`atining eng jami` va eng mukammal miqyos va madori bo’lgan bir zotga, har holda eng akmal bir vaziyati ubudiyatni beradi va uning vaziyatini boshqalariga tamsiliy namuna etib harkasni uning ittibosiga yo’naltiradi, toki u go’zal vaziyati boshqalarida ham ko’rinsin.

Alhosil: Muhabbatulloh, Sunnati Saniyaning ittiboini lozim etib natija beradi. Naqadar baxtli u kimsaki, Sunnati Saniyaga ittiboda hissasi ziyoda bo’lsa. Voy u kimsagaki, Sunnati Saniyani ta`qib etmasdan, bid`atlarga kirsa.

Oltinchi nuqta: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam faron etmish:

 كُلُّ بِدْعَةٍ ضَلاَلَةٌ وَكُلُّ ضَلاَلَةٍ فِى النَّارِ Ya`ni اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ

sirri ila: Buyuk Islom Shariatining Qoidalari va Sunnati Saniya dasturlari, to’liqlik va kamolini topgandan so’ng, yangi ijodlarla u dasturlarni yoqtirmaslik vayoxud xosho va kallo, noqis ko’rmoq hissini bergan bid`atlarni ijod etmoq, zalolatdir, otashdir.

Аудио мавжуд эмас