Sunnati Saniyaning martabalari bor. Bir qismi vojibdir, tark etilmas. U qism, Buyuk Islom Shariatida tafsiloti bilan bayon etilgan. Ular sog’lom, hech bir jihatda o’zgarmas. Bir qismi esa, nafl navidandir. Nafl qismi ham ikki qismdir. Bir qismi, ibodatga tobe` Sunnati Saniya qismlaridir. Ular shariat kitoblarida bayon etilgan. Ularning o’zgartirilishi bid`atdir. Boshqa qismi, «odob» ta`bir etiladiki, Siyari Saniya kitoblarida zikr etilgan. Ularga qarshi kelishga bid`at deyilmaydi. Faqat odobi Nabaviyaga bir navi muxolifatdir va ularning nuridan va haqiqiy adabdan istifoda etmaslikdir. Bu qism esa (urf va odat), fitriy muomalalarda Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning tavoturla ma`lum bo’lgan harakatiga ittibo etmoqdir. Masalan: Gapirmoq odobini ko’rsatgan va yemoq va ichmoq va yotmoq kabi holatning odobining dasturlarini bayon etgan va munosabatlarga taalluqli ko’p Sunnati Saniyalar bor. Bu navi Sunnatlarga «odob» ta`bir etiladi. Faqat u odobga ittibo etgan, odatini ibodatga aylantiradi, u odobdan muhim bir fayz oladi. Eng kichik bir odobga amal qilish, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamni eslatadi, qalbga bir nur beradi. Sunnati Saniyaning ichida eng muhimi Islomiyat alomatlari bo’lgan va timsolga ham taalluq etgan Sunnatlardir. Timsol, odatda huquqi umumiy navidan jamiyatga oid bir ubudiyatdir. Birtasining qilishi bilan u jamiyat umuman istifoda etgani kabi, uning tarki ila ham umum jamiyat mas`ul bo’ladi. Bu navi timsolga riyo kirolmas va e`lon etilar. Nafl navidan bo’lsa ham, shaxsiy farzlardan muhimroqdir.
Yettinchi nuqta: Sunnati Saniya, odobdir. Hech bir masalasi yo’qdirki, ostida bir nur, bir odob topilmasin! Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam farmon etgan:
اَدَّبَنِى رَبِّى فَاَحْسَنَ تَاْدِيبِى Ya`ni: «Robbim menga obodni, go’zal bir suratda ehson etgan, adablantirgan.» Darhaqiqat, siyari Nabaviyaga diqqat etgan va Sunnati Saniyani bilgan, qat`iyan tushunadiki: Odobning navlarini, Janobi Haq habibida jam etgandir. Uning Sunnati Saniyasini tark etgan, odobni tark etadi. بِى اَدَبْ مَحْرُومْ بَاشَدْ اَزْ لُطْفِ رَبْ qoidasiga doxil bo’ladi, hasratli bir odobsizlikka tushadi.
Savol: Hamma narsani bilgan va ko’rayotgan va hech narsa undan yashirinmagan Allamul G’uyubga qarshi odob qanday bo’ladi? Sababi xijolat bo’lgan holatlar, undan yoshirinilmas. Odobning bir navi tasatturdir, lozim uyatli holatini satr etmoqdir. Allamul G’uyubga qarshi tasattur bo’lolmas?
Aljavob: Avvalo: Sonii Zuljalol qandayki kamoli ahamiyatla san`atini go’zal ko’rsatmoq istaydi va xijolat narsalarni pardalar ostiga oladi va ne`matlariga, u ne`matlarni bezatmoq jihati ila nazari diqqatni jalb etadi. Xudi shuning kabi: Maxluqotini va bandasini boshqa zishuurlarga go’zal ko’rsatmoq istaydi. Xunuk vaziyatlarda ko’rinishlari, Jamil va Muzayyin va Latif va Hakim kabi ismlariga qarshi bir navi isyon va xilofi adab bo’ladi.