Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 8
(1-11)

O’ninchi nukta: قُلْ اِنْ كُنْتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِى يُحْبِبْكُمُ اللّهُ oyatida i`jozli bir mo’`jiza bordir. Chunki ko’p jumlalar, bu uch jumlaning ichida kiritilgandir. Shundayki: Shu oyat deydiki: Allohga (Jalla Jalalohu) iymoningiz bo’lsa, albatta Allohni sevasiz. Modomiki Allohni sevsangiz, Allohning sevgan amalini qilasiz. Va sevgan tarz esa, Allohning sevgan zotiga o’xshashingiz kerak. Unga o’xshamoq esa, unga ittibo etmoqdir. Qachonki unga ittibo etsangiz, Alloh ham sizni sevadi. Zotan siz Allohni sevasiz, toki Alloh ham sizni sevsin.»

Mana butun bu jumlalar, shu oyatning yolg’iz mujmal va qisqa bir ma`nosidir. Demak bo’ladiki; inson uchun eng oliy maqsad, Janobi Haqning muhabbatiga mazhar bo’lishidir. Bu oyatning nassi ila ko’rsatobdiki; u oliy talabning yo’li, Habibullohga ittibodir va Sunnati Saniyasiga iqtidodir. Bu maqomda «Uch Nuqta» isbot etilsa, mazkur haqiqat tamomiyla tazohur etadi.

Birinchi nuqta: Bashar, fitratan shu koinotning Xoliqiga qarshi hadsiz bir muhabbat ustida yaratilgandir. Chunki fitrati bashariyada jamolga qarshi bir muhabbat va kamolga qarshi parastish etmoq va ehsonga qarshi sevmoq bordir. Jamol va kamol va ehson darajasiga ko’ra, u muhabbat ziyodalashadi. Ishqning eng muntaho darajasiga qadar ketadi. Ham bu kichik insonning kichkina qalbida, koinot qadar bir ishq joylashadi. Darhaqiqat qalbning yong’oq qadar bir sanduqchasi bo’lgan quvvayi hofiza, bir kutubxona hukmida minglab kitob qadar yozuv, ichida yozilishi ko’rsatadiki: Qalbi inson, koinotni ichiga olishi mumkin va shu qadar muhabbat tashiy oladi. Modomiki fitrati bashariyada ehson va jamol va kamolga qarshi bunday hadsiz bir iste`dodi muhabbat bordir. Va modomiki bu koinotning Xoliqi, koinotda tazohur etgan asari ila, bilbadoha tahaqquqi sobit bo’lgan hadsiz jamoli muqaddasi; bu mavjudodda tazohur etgan naqshi san`ati ila qat`iyan sobit bo’lgan tahaqquq etgan hadsiz kamoli qudsiysi; va butun zihayotlarda tazohur etgan hadsiz anvoyi ehson va in`omoti ila bilyaqin va balki bilmushohada vujudni tahaqquq etgan hadsiz ehsonoti bordir. Albatta zishuurlarning eng jome`i va eng muhtoji va eng mutaffakiri va eng mushtoqi bo’lgan bashardan, hadsiz bir muhabbatni iqtizo etadi. Darhaqiqat har bir inson. u Holiqi Zuljalolga qarshi hadsiz bir muhabbatga qobiliyatli bo’lgani kabi, u Holiq ham harkasdan ziyoda jamol va kamol va ehsoniga qarshi hadsiz bir mahbubiyatga mustahaqdir. Hatto insoni mo’`minda hayotiga va baqosiga va vujudiga va dunyosina va nafsiga va mavjudodga qarshi turli-turli muhabbatlari va shiddatli aloqalari, u iste`dodi muhabbati Ilohiyaning namunalaridir. Hatto insonning turli-tuman shiddatli hissiyoti, u iste`dodi muhabbatning turli o’zgarishlari va boshqa shakllarga kirgan qatralaridir. Ma`lumdirki, inson o’z saodati ila mamnun bo’lgani kabi, aloqador bo’lgan zotlarning saodatlari bilan ham mamnun bo’ladi. Va o’zini balodan qutqarganni sevgani kabi, sevganlarini ham qutqarganni shunday sevadi.

Аудио мавжуд эмас