Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 9
(1-11)

Mana bu holati ruhiyaga binoan; inson, agar har insonga oid anvoyi ehsonoti Ilohiyadan yolg’iz buni o’ylasaki: Mening Xoliqim meni zulumoti abadiya bo’lgan adamdan qutqarib bu dunyoda bir go’zal dunyoni menga bergani kabi, ajalim kelgan zamon meni i`domi abadiy bo’lgan adamdan va mavhdan yana qutqarib boqiy bir olamda abadiy va juda porloq bir olamni menga ehson va u olamning umum anvoyi lazzat va mahosinidan istifoda etadigan va sayr etib kezdirgan zohiriy va botiniy xossalarni, tuyg’ularni menga in`om etgani kabi, juda sevganim va juda aloqador bo’lganim butun aqrabo va ahbob va hamjinslarimni unday hadsiz ehsonlarla mazhar etadi va u ehsonlar bir jihatda menga oid bo’ladi. Zero ularning saodatlari ila mas`ud va mamnun bo’laman. Modomiki اْلاِنْسَانُ عَبِيدُ اْلاِحْسَانِ siri ila, harkasda ehsonga qarshi parastish bor. Albatta bunday hadsiz abadiy ehsonotga qarshi; koinot qadar bir qalbim bo’lsa, u ehsonga qarshi muhabbatla to’lmoqni iqtizo etadi va to’ldirmoqni istayman. Men fe`lan u muhabbatni etmasam ham iste`dod bilan, iymon bilan, niyat bilan, qabul bilan, taqdir bilan, ishtiyoq bilan, tarafdorlik bilan, iroda bilan qilaman, deydi va hokazo… Jamol va kamolga qarshi insonning ko’rsatgan muhabbat esa, ijmolan ishorat etganimiz ehsonga qarshi muhabbatga qiyos etilsin. Kofir esa, kufr jihati ila hadsiz bir adovat etadi. Hatto koinotga va mavjudodga qarshi zolimona va tahqirkorona bir adovat tashiydi.

Ikkinchi nuqta: Muhabbatulloh, ittiboyi Sunnati Muhammadiya Alayhissalotu Vassalamni taqozo etadi. Chunki Allohni sevmoq, uning rozi bo’ladigan amallarini qilmoqdir. Rozi bo’ladigan ishlari esa, eng mukammal bir suratda Zoti Muhammadiyada (S.A.V.) tazohur etadi. Zoti Ahmadiyaga (S.A.V.) harakat va fe`lda o’xshamoq, ikki jihatladir:

Birisi: Janobi Xaqni sevmoq jihatida amriga itoat va roziligi doirasida harakat etmoq, u ittiboni iqtizo etadi. Chunki bu ishda eng mukammal imom, Zoti Muhammadiyadir (S.A.V.).

Ikkinchisi: Modomiki Zoti Ahmadiya (S.A.V.), insonlarga bo’lgan hadsiz ehsonoti Ilohiyaning eng muhim bir vasilasidir. Albatta Janobi Haq hisobiga, hadsiz bir muhabbatga loyiqdir. Inson, sevgan zotiga agar o’xshamoq qabul bo’lsa, fitratan o’xshamoq istar. Mana Habibullohni sevganlarning, sunnati saniyasiga ittibo ila unga o’xshashlikka harakat qilishlarini qat`iyan iqtizo etadi.

Uchinchi nuqta: Janobi Haqning hadsiz marhamati bo’lgani kabi, hadsiz bir muhabbati ham bordir. Butun koinotdagi masnuotning mahosini ila va ziynatlantirmasiyla o’zini hadsiz bir suratda sevdirgani kabi; masnu`otini, xususan sevdirishiga sevmoq ila muqobala etgan zishuur maxluqotni sevadi. Jannatning butun latoif va mahosini va lazzatlari va ne`matlari, bir jilvayi rahmati bo’lgan bir zotning nazari muhabbatini o’ziga jalb etishga harakat qilmoq, naqadar muhim va oliy bir maqsad bo’lgani shubhasiz tushuniladi. Modomiki aniq kalom ila: uning muhabbatiga, yolg’iz ittiboyi Sunnati Ahmadiya (S.A.V.) ila erishiladi. Albatta ittiboyi Sunnati Ahmadiya (S.A.V.), eng buyuk bir maqsadi insoniy va eng muhim bir vazifayi bashariya bo’lgani namoyon bo’ladi.

Аудио мавжуд эмас