Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 11
(1-11)

Uchinchi Masala: Rasuli Akram Alayrissalotu Vassalam, hilqatan eng mo’`tadil bir vaziyatda va eng mukammal bir suratda xalq etilganidan, yurish va turishi, i`tidol va istiqomat ustiga ketgandir. Siyari Saniyasi, qat`iy bir suratda ko’rsatadiki: Har harakatida istiqomat va i`tidol ustiga ketgan, ifrot va tafritdan chekingan. Darhaqiqat Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam, فَاسْتَقِمْ كَمَا اُمِرْتَ amrini tamomi ila imtisol etgani uchun, butun amal va so’z va ahvolida istiqomat, qat`iy bir suratda ko’rinadi.

Masalan: Quvvayi aqliyaning fasod va zulmati hukmidagi ifrot va tafriti bo’lgan g’abovat va jarbazadan mubarro bo’lib, haddi vasat va madori istiqomat bo’lgan hikmat nuqtasida quvvayi axloqiyasi doimo harakat etgani kabi;

quvvayi g’azabiyaning fasodi va ifrot va tafriti bo’lib qo’rqoqlik va tahavvurdan munazzah bo’lib, quvvayi g’azabiyaning madori istiqomati va haddi vasati bo’lgan shijoati qudsiya ila quvvayi g’azabiyasi harakat etmoqla barobar;

quvvayi shahvoniyaning fasodi va ifrot va tafriti bo’lgan humud va fujurdan musaffo bo’lib, u quvvaning madori istiqomati bo’lgan iffatga, quvvati shahvoniyasi doimo iffatni a`zamiy gunohsizlik darajasida rahbar qabul etgandir. Va hokazo…

Butun Sunnati Saniyasida, ahvoli fitriyasida va ahkomi shar`iyasida, haddi istiqomatni ixtiyor etib zulm va zulumot bo’lgan ifrot va tafritdan, isrof va tabrizdan chekingan. Hatto gapirishida va yeyishu ichishida, iqtisodni rahbar va isrofdan qat`iyan chekingan. Bu haqiqatning tafsilotiga doir minglab jild kitob ta`lif etilgandir.

اَلْعَارِفُ تَكْفِيهِ اْلاِشَارَةُ siricha, bu dengizdan bu qatra ila qanoat qilib, qissani tugatamiz.

 

اَللّهُمَّ صَلِّ عَلَى جَامِعِ مَكَارِمِ اْلاَخْلاَقِ وَ مَظْهَرِ سِرِّ

(وَ اِنَّكَ لَعَلَى خُلُقٍ عَظِيمٍ) اَلَّذِى قَالَ : مَنْ تَمَسَّكَ بِسُنَّتِى

عِنْدَ فَسَادِ اُمَّتِى فَلَهُ اَجْرُ مِاَةِ شَهِيدٍ

اَلْحَمْدُ لِلّهِ الَّذِى هَدَينَا لِهذَا وَ مَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْ لاَ اَنْ هَدَينَا اللّهُ

لَقَدْ جَائَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِالْحَقِّ

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ

Аудио мавжуд эмас