Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 10
(1-11)

O’n Birinchi Nuqta: «Uch masala» dir.

Birinchi Masala: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning Sunnati Saniyasining manbai uchdir. So’zlari, amallari, ahvollari. Bu uch qism ham uch qismdir: Farz, nafl, odati hasanasidir. Farz va vojib qismida ittiboga majburiyat bor; tarkida azob va jazo bordir. Hamma unga ittiboga mukallafdir. Nafl qismida, amr-i istihbobi ila yana ahli iymon mukallafdir. Faqat, tarkida azob va jazo yo’qdir. Fe`lida va ittibosida azim savoblar bor va o’zgartirish va tabdili bid`at va zalolatdir va katta xatodir. Odati saniyasi va harakati mustahsanasi esa hikmatan, maslahatan, hayoti shaxsiya va naviya va ijtimoiya e`tibori ila uni taqlid va ittibo etmoq, g’oyat mustahsandir. Chunki har bir harakati oddiyasida, ko’p manfaati hayotiya bo’lgani kabi, unga uymoqla u odob va odatlar, ibodat hukmiga o’tadi. Darhaqiqat, modomiki do’st va dushmanning ittifoqi ila, Zoti Ahmadiya (S.A.V.) mahosini axloqning eng yuksak martabalariga mazhardir. Va modomiki bilittifoq navi bashar ichida eng mashhur va mumtoz bir shaxsiyatdir. Va modomiki minglab mo’`jizalarning dalolati ila va tashkil etgani olami Islomiyatning va kamolotining shahodati ila va muballig’ va tarjimon bo’lgani Qur`oni Hakimning haqoiqining tasdiqi ila, eng mukammal bir insoni komil va bir murshidi akmaldir. Va modomiki samarayi ittiboi ila millionlar ahli kamol, martabayi kamolotda taraqqiy etib ikki dunyo saodatiga vosil bo’lganlar. Albatta u zotning sunnati, harakati, iqtido etiladigan eng go’zal namunalardir va ta`qib etiladigan eng sog’lom rahbarlardir va dastur qabul etiladigan eng sog’lom qonunlardir. Baxtiyor udirki, bu ittiboyi Sunnatga hissasi ziyoda bo’lsa. Sunnatga ittibo etmagan, tanballik etsa, hasaroti azima; ahamiyatsiz ko’rsa, jinoyati azima; yolg’onligini shama etadigan tanqid esa, zalolati azimadir.

Ikkinchi Masala: Janobi Haq Qur`oni Hakimda: وَاِنَّكَ لَعَلَى خُلُقٍ عَظِيمٍ farmon etadi. Rivoyati sahiha ila xazrati Oishayi Siddiqa (r.a.) kabi buyuk sahoba, Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamni ta`rif etganlari zamon «Xuluquhul Qur`on» deya ta`rif etarlardi. Ya`ni: «Qur`onning bayon etgani mahosini axloqning misoli, Muhammad Alayhissalotu Vassalamdir. Va u mahosinni eng ziyoda timsol etgan va fitratan u mahosin ustida yaratilgan udir.»

Mana shunday bir zotning amal, ahvol, so’z va harakatining har birisi, navi basharga biror namuna hukmida o’tishga loyiq ekan, unga iymon keltirgan va ummatidan bo’lgan g’ofillarning, (sunnatiga ahamiyat bermagan vayoxud o’zgartirmoq istagan) naqadar badbaxt bo’lganini devonalar ham anglar.

Аудио мавжуд эмас