Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 7
(1-11)

Mana shunday bir zotning sunnati saniyasiga qo’ldan kelgancha ittiboga harakat qilmoq, naqadar foydali va hayoti abadiya uchun naqadar saodatli va hayoti dunyoviya uchun naqadar manfaatli bo’lgani qiyos etilsin.

To’qqizinchi nuqta: Sunnati Saniyaning har bir naviga tamoman bilfe`l ittibo etmoq, xos insonlar faqatgina muyassar bo’ladi. Unga bilfe`l bo’lmasa ham, bilniyat, bilqasd tarafdorona va lozimli tolish, harkasning qo’lidan keladi. Farz va vojib qismlariga zotan ittiboga majburiyat bor. Va ubudiyatdagi mustahab bo’lgan Sunnati Saniyaning tarkida gunoh bo’lmasa ham, buyuk savobdan mahrumlik bor. O’zgartirilishida esa, buyuk xato bordir. Odat va muomaladagi Sunnati Saniya esa, ittibo qildikcha, u odat ibodat bo’ladi. Etmasa jazo yo’q. Faqat Habibullohning odobi hayotiyasining nuridan istifodasi kamayadi. Arkoni ubudiyatda yangi ijodlar bid`atdir. Bid`atlar esa, اَلْيَوْمَ اَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ sirriga zid bo’lgani uchun, rad etilgandir. Faqat tariqatda avrod va zikr va uslub navidan bo’lsa va asllari Kitob va Sunnatdan olinishi shartiyla boshqa-boshqa tarzda, boshqa-boshqa suratda bo’lmoq bilan barobar, takrorlangan usul va asosoti sunnati saniyaga muxolafat va o’zgartirmaslik sharti ila, bid`at emaslardir. Lekin bir qism ahli ilm, bulardan bir qismini bid`atga dohil etib, «bid`ati hasana» nomini bergan. Imomi Rabboniy Mujaddidi Alfi Soniy (R.A.) deydiki: «Men sayri suluki ruhoniyda ko’rdimki: Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamdan naql etilgan kalima nurlidir, sunnati saniya shu`lasi bilan porlaydi. Undan naql etilmagan porloq va quvvatli virdlarni va hollarni ko’rganim vaqt, ustida u nur yo’qdi. Bu qismning eng porlog’i avvalgining eng oziga muqobil kelmas edi. Bundan tushundimki; sunnati saniyaning shu`lasi, bir eleksirdir. Ham u sunnat, nur istaganlarga yetarlidir, xorijda nur qidirishga ehtiyoj yo’qdir.»

Mana bunday haqiqat va shariatning bir qahramoni bo’lgan bir zotning bu hukmi ko’rsatmoqdaki: Sunnati Saniya, ikki dunyo saodatining tamal toshidir va kamolotning ma`dani va manbaidir.

اَللّهُمَّ ارْزُقْنَا اِتِّبَاعَ السُّنَّةِ السَّنِيَّةِ

رَبَّنَا آمَنَّا بِمَا اَنْزَلْتَ وَاتَّبَعْنَا الرَّسُولَ فَاكْتُبْنَا مَعَ الشَّاهِدِينَ

Аудио мавжуд эмас