Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 6
(1-11)

Soniyan: Qandayki bir tabib, doktorlik nuqtasida bir nomahramning eng mahram a`zosga boqadi va zarurat bo’lgan payt unga ko’rsatiladi. Xilofi odob deyilmas. Balki odobi tib bunday iqtizo etadi, deyiladi. Faqat u tabib, erkaklik unvoni ila yoxud voiz ismi ila yoxud xoja sifati ila u nomahramlarga boqolmas. Unga ko’rsatilishini adab fatvo berolmas. Va u jihatda unga ko’rsatmoq, hayosizlikdir. Xuddi shuning kabi, Sonii Zuljalolning ko’p asmosi bor. Har bir ismning ayri bir jilvasi bor. Masalan: «Gaffor» ismi, gunohlarning vujudini va «Sattor» ismi, qusurotning bo’lishini iqtizo etganlari kabi; «Jamil» ismi ham, xunuklikni ko’rmoq istamas. «Latif, Karim, Hakim, Rahim» kabi asmoyi jamoliya va kamoliya, mavjudodning chiroyli bir suratda va mumkin vaziyatlarning eng yaxshisida bo’lishlarini iqtizo etadilar. Va u asmoyi jamoliya va kamoliya esa, maloika va ruhoniy va jin va insning nazarida go’zalliklarini, mavjudodning go’zal vaziyatlari ila va husnu adablari ila ko’rsatmoq istarlar.

Mana Sunnati Saniyadagi odob, bu ulviy odobning ishoratidir va dasturlaridir va namunalaridir.

Sakkizinchi nuqta: فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّهُ dan avvalgi bo’lgan

لَقَدْ جَاءَكُمْ رَسُولٌ ila oxir… oyati, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning ummatiga qarshi kamoli shafqat va nihoyat marhamatini ko’rsatgandan so’ng, shu فَاِنْ تَوَلَّوْا oyati ila derki: «Ey insonlar! Ey musulmonlar! Bunday hadsiz bir shafqati ila sizni irshod etgan va sizning manfaatingiz uchun butun quvvatini sarf etgan va ma`naviy yaralaringiz uchun kamoli shafqatla keltirgan ahkomi va sunnati saniyasi ila davolab malham surtgan shafqatparvar bir zotning ochiq shafqatini inkor etmoq va ko’z ila ko’ringan marhamatini ittihom etmoq darajasida uning sunnatidan va aytib o’tgan ahkomdan yuzlaringizni o’girmoq, naqadar vijdonsizlik, naqadar aqlsizlik bo’lganini bilinglar! Va ey shafqatli Rasul va ey marhamatli Nabiy! Agar sening bu azim shafqatingni va buyuk marhamatingni tanimasdan aqlsizliklaridan senga orqa o’girilib tinglamasalar, maroq etma! Samovot va Yerning qo’shini taxti amrida bo’lgan, arshi azimi muhitning taxtida saltanati rububiyati hukm etgan Zoti Zuljalol senga yetar. Haqiqiy mute` toifalarni, sening atrofingda to’plattirir, seni ularga tinglattirir, sening ahkomingni ularga qabul ettirir!» Darhaqiqat shariati Muhammadiya va Sunnati Ahmadiyada hech bir masala yo’qki, ko’plab hikmatlari bo’lmasin. Bu faqir, butun qusur va ajzimla barobar buni da`vo etaman va bu da`voning isbotiga ham tayyorman. Ham hozirga qadar yozilgan 70-80 Risola-i Nur, Sunnati Ahmadiyaning va Shariati Muhammadiyaning (S.A.V.) masalalari, naqadar hikmatli va haqiqatli bo’lganiga 70-80 shohidi sodiq hukmiga o’tgandir. Agar bu mavzuga doir iqtidor bo’lsa yozilsa, 70 emas, balki 7000 risola u hikmatlarni bitirolmaydi. Ham men shaxsimda bilmushohada va zavqan, balki ming tajribam borki; masalayi shariatla sunnati saniyaning dasturlari, ruhiy va aqliy va qalbiy xastaliklarga, xususan ijtimoiy xastaliklarga g’oyat foydali biror davo ekanligini bilganimni va ularning o’rnini boshqa falsafiy va hikmatli masalalar tutolmasligini, bilmushohada o’zim his etganimni va boshqalariga ham bir daraja risolalarda xis ettirganimni e`lon etaman. Bu da`vomda taraddud etganlar, Risola-i Nur parchalariga murojaat etib boqsinlar.

Аудио мавжуд эмас