Lemalar lot | O’n Birinchi Lam`a | 3
(1-11)

Ikkinchisi: Kurrayi arz mozoristonida, navi basharning hayoti ila aloqador anvoyi zihayotning hay`ati majmuasining moziy mozoriga dafn etilgan azim janozaning boshida bo’lgan, mozor toshi bo’lgan bu asrning yuzida tez artiladigan bir nuqta va tez o’ladigan bir chumoliman.

Uchinchisi: Shu koinotning qiyomat vaqtida o’lishi muhaqqaq voqe` bo’lgani uchun, nazarimda voqe` hukmiga o’tdi. U azim janozaning sakarotindan dahshat va vafotidan hayajonli hayrat ichida o’zimni ko’rmoqla barobar, istiqbolda ham muhaqqaqul vuqu` bo’lgan vafotim, u zamon bo’layotgan kabi ko’rindi 
va
فَاِنْ تَوَلَّوْا ila oxir… sirri ila: Butun mavjudod, butun mahbubot, mening vafotim ila menga orqalarini aylantirib meni tark etdilar, yolg’iz tashladilar. Hadsiz bir dengiz suratini olgan abad tarafidagi istiqbolga ruhim yo’naltirilardi. U dengizga istar istamas otilmoq lozim kelayotgan edi.

Mana u juda ajib va juda hazin holatda ekan, iymon va Qur`ondan kelgan bir madadla

فَاِنْ تَوَلَّوْا فَقُلْ حَسْبِىَ اللّهُ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَهُوَ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ

oyati yordamimga yetishdi va g’oyat amniyatli va salomatli bir kema hukmiga o’tdi. Ruh, kamoli amniyatla va sururla u oyatning ichiga kirdi. Darhaqiqat tushundimki; oyatning ma`noyi sarihiysidan boshqa bir ma`noyi ishoriysi, meni tasalli etdiki, sukunat topdim va ko’ngil huzuri berdi. Ha, qandayki ma`noyi sarihiy, Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamga der: «Agar ahli zalolat o’girilib sening shariat va sunnatingdan yuz o’girib Qur`onni tinglamasalar, maroq etma! Va deki: Janobi Haq menga yetar. Unga tavakkal qilaman. Sizning o’rningizga ergashuvchilarni yetkazadi. Taxti saltanati hamma narsani qamragandir. Na osiylar, hududidan qocha oladilar va na da madad istaganlar madadsiz qoladilar!» Xuddi shuning kabi ma`noyi ishoriysi ila derki: Ey inson va ey insonning raisi va murshidi! Agar butun mavjudod seni tashlab fano yo’lida yo’qlikka ketsa, agar zihayotlar sendan ayrilib o’lim yo’lida yugursa, agar insonlar seni tark etib mazoristonga kirsa, agar ahli g’aflat va zalolat seni tinglamasdan zulumotga tushsa, maroq etma! Deki: Janobi Haq menga yetar. Modomiki U bor, hamm narsa bor. Va u holda, u ketganlar yo’qlikka ketmadilar. Uning boshqa mamlakatiga ketmoqdalar. Va ularning badaliga u Arshi Azim sohibi, nihoyatsiz qo’shinu askaridan boshqalarini yuboradi. Va mazoristonga kirganlar mavh bo’lmadilar, boshqa olamga ketmoqdalar. Ularning badaliga boshqa vazifadorlarni yuboradi. Va zalolatga tushganlarga badal, tariqi haqni ta`qib etadigan mute` qullarini yuborishi mumkin. Modomiki shundaydir, U hamma narsaga badaldir. Butun ashyo, birgina tavajjuhiga badal bo’lmas! der.

Аудио мавжуд эмас